Янгиликлар

Vatan taraqqiyotiga mening hissam

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun 11-noyabr kuni Paxtachi tuman 25-sonli musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ko‘rsatilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” nomli ko‘rik-tanlovning "Tasviriy san’at va amaliy san’at" yo‘nalishi bo‘yicha finaloldi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning final bosqichi 17-noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Rahbarlar "yashil makon" loyihasida qanday ishtirok etmoqda?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O'zagroinspeksiya Paxtachi tuman bo'limi tomonidan "yashil makon"  umummilliy loyihasi doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarining ishtiroki o'rganilmoqda.
Bugun erta tongdan Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov xonadoni o'rganildi.
Tuman hokimi M.Xamdamov "yashil makon" loyihasi doirasida o'z uyida 10 ta, mahallasida 90 tup daraxt ekkan bo'lsa, rahbarligi ostidagi 1-sektor hududida 1000 tup manzarali daraxtlar jami 1100 tup daraxt ko'chatlari ekish ishlarini olib borgan.

Mahallada sudya tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib bordi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Y.T.Norbekov bugun 10 noyabr kuni Amir Temur nomli mahallaga kelib, ATB
Agrobank va ATB Xalq banki xodimlari, fuqarolar, fermer xo‘jaligi mahalla faollari bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmuni hamda mohiyatini tushuntirib berdi.

Daraxt ekish ishlari olib borilmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumanida archa, gujum, yasin, sadaqayrag‘och va bir qator manzarali daraxtlar tuman hududidan o‘tuvchi Samarqand -Buxoro-Turkmanboshi M-37 avtomagistral yo‘li hududi bo‘ylab ekilmoqda.

Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov ushbu magistral yo‘lning Toma mahallasi qismida daraxt ekish ishlarida ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasi oʻtkazildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tuman prokurori 2-sektor rahbari tashabbusi bilan Paxtachi tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda sektor binosida "Bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
Ushbu yarmarkda 139 ta tashkilot 287 ta ish o‘rin bilan ishtirok etdi. Yarmarkada qatnashgan 110 nafar ishsiz fuqarolardan 85 nafariga korxona va tashkilotlarga ishga joylashish uchun yo‘llanma berilib, 25 nafar fuqarolarga  turli yo‘nalishlar bo‘yicha xuquqiy maslahatlar berildi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM