Ekotadbirda ekologlar faol ishtirok etishmoqda
Thu, 11/11/2021 - 12:09#Yashil_makon_yarat #Loyihada_faol_ishtirok_eting
Пахтачи туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
#Yashil_makon_yarat #Loyihada_faol_ishtirok_eting
Bugun 11-noyabr kuni Paxtachi tuman 25-sonli musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ko‘rsatilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” nomli ko‘rik-tanlovning "Tasviriy san’at va amaliy san’at" yo‘nalishi bo‘yicha finaloldi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning final bosqichi 17-noyabr kuni bo'lib o'tadi.
O'zagroinspeksiya Paxtachi tuman bo'limi tomonidan "yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarining ishtiroki o'rganilmoqda.
Bugun erta tongdan Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov xonadoni o'rganildi.
Tuman hokimi M.Xamdamov "yashil makon" loyihasi doirasida o'z uyida 10 ta, mahallasida 90 tup daraxt ekkan bo'lsa, rahbarligi ostidagi 1-sektor hududida 1000 tup manzarali daraxtlar jami 1100 tup daraxt ko'chatlari ekish ishlarini olib borgan.
Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Y.T.Norbekov bugun 10 noyabr kuni Amir Temur nomli mahallaga kelib, ATB
Agrobank va ATB Xalq banki xodimlari, fuqarolar, fermer xo‘jaligi mahalla faollari bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmuni hamda mohiyatini tushuntirib berdi.
Paxtachi tumanida archa, gujum, yasin, sadaqayrag‘och va bir qator manzarali daraxtlar tuman hududidan o‘tuvchi Samarqand -Buxoro-Turkmanboshi M-37 avtomagistral yo‘li hududi bo‘ylab ekilmoqda.
Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov ushbu magistral yo‘lning Toma mahallasi qismida daraxt ekish ishlarida ishtirok etdi.
Paxtachi tuman prokurori 2-sektor rahbari tashabbusi bilan Paxtachi tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda sektor binosida "Bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
Ushbu yarmarkda 139 ta tashkilot 287 ta ish o‘rin bilan ishtirok etdi. Yarmarkada qatnashgan 110 nafar ishsiz fuqarolardan 85 nafariga korxona va tashkilotlarga ishga joylashish uchun yo‘llanma berilib, 25 nafar fuqarolarga turli yo‘nalishlar bo‘yicha xuquqiy maslahatlar berildi.