Aholini ro‘yxatga olishda maxfiylik va xavfsizlik choralari
Wed, 02/02/2022 - 09:55Ro‘yxatga olish doirasidahar bir shaxs va mamlakatning har bir uy xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma'lumot to‘planadi. Aholini ro‘yxatga olish shaxslarning shaxsiy hayotlari bilan qiziqmaydi. Aholini ro‘yxatga olishning maqsadi jamiyat va aholi guruhlari haqida statistik ma'lumotlarni ishlab chiqishdan iborat. Shu asosda jamoatchilik shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligini saqlanishiga ishonch hosil qilishi kerak.