Salomatlik tuman boylik!
Thu, 04/11/2021 - 13:11"Infarkt profilaktikasi va parvarish maktabi" va Insult profilaktikasi va parvarish maktabi mavzusida KTMP filialida aholi o'rtasida tushuntirish va targ'ibot ishlari o'tkazildi.
Пахтачи туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
"Infarkt profilaktikasi va parvarish maktabi" va Insult profilaktikasi va parvarish maktabi mavzusida KTMP filialida aholi o'rtasida tushuntirish va targ'ibot ishlari o'tkazildi.
Bugun Paxtachi tumani Xotin-qizlar jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda "Oilaviy zo‘ravonlikni oldini olish va oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga amaliy ko‘mak berish "yuzasidan Ibodat Jo‘raqulova ma’ruzasi tinglandi,
Tuman prokurorining katta yordamchisi Olmos Hamroyev "Erta nikoh erta turmush, ajrimlarni oldini olish, Ayollar daftari" bo‘yicha ishlarni jadallashtirish haqida ma’ruza qildi.
Bugun Paxtachi tuman hokimligida Samarqand viloyat hokimining Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash gruhi rahbari Rivojiddin Mahqulov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Voxid Hakimov tomonidan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchiligi uchun nomzodlarga ularning vakolati va vazifalari haqida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Paxtachi tumani FVB xodimlari tumandagi 2-son kasb-hunar maktabi ishchi, xizmatchilari va o‘quvchilariga kuz-qish mavsumini talofotlarsiz o‘tkazish hamda aholini is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshirdi.
Aziz yoshlar! Siz ilm-fan, san’at, madaniyat kabi sohalarda faoliyat yurityapsizmi? Unday bo‘lsa shoshiling! Paxtachi tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan joriy yilning 17-noyabr kuni tashabbuskor yoshlar o‘rtasida “VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM” nomli ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Paxtachi tumani aholisining turmush darajasini yaxshilash, qishloqlarning arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda Tadbirkor mahalla fuqarolar yigʻini Baxrin qishlog'i Zakovat koʻchasida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.