Bog' zararkunandalari

BOG‘ ZARARKUNANDALARI

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. 2010 yilda eksportning 11,3 foizi paxta tolasi hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 1,6 foizgacha kamaydi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong‘oqdan 5 baravar ko‘p daromad olish imkoniyati mavjud.

         Mevali bog‘larni bir necha xil kasallik, zararkunanda va begona o‘tlari ma’lum bo‘lib, ularga qarshi samarali kurashish bog‘lardan yuqori hosil olishning asosiy omillaridan biridir. Buning uchun kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar va zararkunandalar haqida yaxshi ma’lumotga ega bo‘lish talab etiladi. Ularga qarshi kurash tadbirlarini kasallik qo‘zg‘atuvchi patogenlar va zararkunandalarning qishlovdan chiqish, ya’ni eng zaif davrida qo‘llash o‘ta muhim ahamiyatga ega.    Zararkunanda va kasalliklar mevali daraxtlarning ildiz, tana, barg va mevalarga qattiq zarar yetkazib xosilning kamayishiga olib keladi. Amaliyotda bu zararli organizmlar sonini nazorat qilish va boshqarishda bir necha usullar keng qo‘llaniladi. Birgina olma mevaxo‘riga qarshi kurash choralari qo‘llanilmagan hollarda 80% gacha hosil yo‘qotilishi mumkin.

 

 

Qizil qon shirasi -Eriosoma lanigerum Hausm.

Tarqalishi. Respublikamizning barcha viloyatlarida uchraydi.

Zarari. Olma, nok va boshqa mevali daraxtlarning ildizini, tana va shoxlarining shirasini so‘rib, daraxtlarni kuchsizlantiradi. Bitning shira so‘rgan joylarida g‘uddalar paydo bo‘ladi, ular keyinchalik yorilib, chiriydi. Qon shirasi tushgan yosh daraxtlar ko‘pincha qurib qoladi, qari daraxtlar esa kuchsizlanib, hosili juda kamayib ketadi. Qon shirasi ko‘p tushgan shoxlar quriydi. Fevral-mart boshlarida bitlar qishlovdan chiqadi va daraxtlarga o‘rmalab chiqib, po‘stlog‘i nozik yoki zararlangan joylariga o‘rnashib oladi. Bitlarning g’alalari sidirg‘a mum par bilan qoplanadi. Qon shirasi yoz bo‘yi 15-17 ta avlod berib rivojlanadi.

Morfologiyasi: Qizil qon shirasi qanotsizi to‘q qizil rangda, 2,1-2,6 mm keladi. Shirani ezib qaralganda qizil rangli qonsimon suyuqlik chiqadi, shuning uchun  bu nomga ega bo‘lgan. Shiraning usti mumsimon oq momiq g‘ubor bilan qoplangan bo‘lib, bu uni aniq belgilaydigan xususiyatidir. Bunday g‘ubor qanotli yetuk zotning faqat qornining oxirida bo‘ladi. Tanasi silindr shaklida bo‘lib, uzunligi 2,2 mm keladi, boshi, ko‘kragi va oyoqlari qora, qorni to‘q jigarrangda. Tuxumi cho‘zinchoq, 0,5 mm bo‘lib, dastlab zarg‘aldoq rangda, keyinchalik qo‘ng‘ir tusga kiradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-rasm. Qizil qon shirasi bilan zararlangan olma novdasi

 

Biologiyasi. Turli yoshdagi lichinka va yetuk zot shaklida mevali daraxtlarining ildizlari, po‘stloq osti va yo‘g‘on shoxlarning asosida qishlaydi. Mart-aprel oylarida uyg‘onib, harakat qila boshlaydi. Daraxt tanasining nozik joylariga yopishib, to‘da hosil qilib yashaydi. Bunday joylar oq paxta kabi qoplama bilan qoplanganday bo‘lib tuyuladi. Qizil qon shirasi mavsumda 15-16 ta bo‘g‘in berib rivojlanadi. Qarshi kurash choralari. Qizil qon shirasi bilan zararlangan bog‘ ko‘chatzorlaridan ko‘chatlar olinganda, bunda albatta  fumigatsiya qilinishi shart. Qon shirasiga qarshi kurashda kimyoviy vositalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Qon shirasi yosh lichinkalik davrida sistemali ta’sir etuvchi imidokloprid asosildagi preparatlar bilan ishlovlar berish kerak: 1. Fevral oyining 3-dekadasida va mart oyining 1-dekadasida  Ovipron gektariga 10-15 l. (10 litr suvga – 100-150 ml) sepish lozim. 2. Mart oyining 3-dekadasida Brend Noviy, 40 % gektariga 1,5-2,0 l, (10 litr suvga - 15-20 ml), Danadim  Ekspert 40 % e.k 1,5-2,0 l, (10 litr suvga - 15-20 ml), Koragen, KS 0,15-0,2 l (10 litr suvga -1,5-2 ml) sepish lozim. 3. Aprel oyining 3-dekadasida Koragen, KS gektariga 0,15-0,2 l (10 litr suvga -1,5-2 ml) sepish lozim. 4. Iyun oyining 1-2-dekadalarida Danadim Ekspert 40% e.k. gektariga 1,5-2 l  (10 litr suvga -15-20 ml) sepish lozim.

 

Olma yashil shirasi - Aphis pomi Deg Tarqalishi. Respublikaning barcha viloyatlarida uchraydi.

Zarari: Barg bitlari barglarni burishtirib qo‘yadi, ba’zan esa to‘kib yuboradi, yosh novdalarni o‘stirmay qing‘ir-qiyshiq qilib qo‘yadi va meva hosilini kamaytirib yuboradi. Yosh ko‘chatlar, jumladan yosh shaftoli daraxtlariga bitlar ayniqsa katta zarar yetkazadi: meva shirasini so‘rib, sifatini pasaytiradi; nimjon bo‘lib qolgan daraxtlarga ikkilamchi zararkunanda - po‘stloq osti qo‘ng‘izlari tushib zararlaydi; daraxtlar qurib qoladi; yosh meva daraxtlariga katta ziyon yetkazadi. Bularning oldini olish uchun barg bitlariga qarshi kimyoviy preparatlar bilan ishlov beriladi. Bahor oxirlarida bitlarning ko‘p turlari meva daraxtidan boshqa o‘simliklarga o‘tadi.

 

Morfologiyasi. Olma shirasi yashil, ba’zan sariq-yashil bo‘ladi. Qanotli zotlarning o‘rta va orqa ko‘kragi hamda oldingi ko‘kragining yarmi qora rangli, voyaga yetgan shiraning uzunligi 2 mm atrofida, qorin uchi qoramtir, naychalari qora. Olma shirasining shakli noksimon bo‘ladi. Shiralar daraxtlarning yosh shoxlarida tuxum shaklida qishlab chiqadi. Bahorda kurtaklar yoziladigan vaqtgacha tuxumlardan lichinkalar chiqadi, ular avval bo‘rtgan kurtaklardagi shirani, keyinchalik barg va gullardagi shirani so‘radi. Buning natijasida barglar buralib qoladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-rasm. Olma yashil shirasi bilan zararlangan olma novdasi va barglari Biologiyasi. Shiralarning yetuk zoti olma qiyg‘os gullagan vaqtgacha paydo bo‘ladi. Olma shirasi mavsumda 15 ta bo‘g‘in beradi. Har bir urg‘ochi zot bahorda 50 tagacha, yozda esa 20-30 tagacha lichinkani tirik tug‘adi Qarshi kurash choralari. Ko‘pgina yirtqich va parazitlar -xonqizi, sirfid pashshasi, oltinko‘z, yaydoqchi kabi foydali hasharotlar barg bitlari bilan oziqlanib ularning miqdorini kamaytiradi; ularning miqdori ko‘payib ketganda qo‘llash uchun ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar yordamida kurash o‘tkaziladi:

 1. Fevral oyining 3-dekadasida va mart oyining 1-dekadasida  Ovipron 2000 KE gektariga 10-15 l  (10 litr suvga -100-150 ml) sepish lozim.

2. Aprel oyining 1-dekadasida Bagira, 20% e.k. gektariga 0,2 l (10 litr suvga - 2 ml), Imido, 35%  sus.k.  0,2 l (10 litr suvga - 2 ml), Konfidor, 20% e.k.  0,2 l  (10 litr suvga - 2 ml), Mospilan 20% n.kuk.  0,25 kg  (10 litr suvga - 2,5 gr) sepish lozim. 

3. Mart oyining 3-dekadasida Brend  Noviy, 40 % gektariga 1,5-2 l  (10 litr suvga -15-20 ml), Danadim  Ekspert 40 % e.k  1,5-2 l  (10 litr suvga - 15-20 ml), Koragen, KS 0,15-0,2 l  (10 litr suvga -1,5-2 ml) sepish lozim.

4. Aprel oyining 3-dekadasida Koragen, KS gektariga 0,15-0,2 l  (10 litr suvga - 1,5-2 ml)  sepish lozim.

5. Iyun oyining 1-2-dekadalarida Danadim Ekspert 40% e.k. gektariga 1,5-2 l  (10 litr suvga - 15-20 ml) sepish lozim.

 

Meva o‘rgimchakkanasi - Schizotetranychus pruni Oudms.

Tarqalishi. Respublikaning barcha viloyatlarida uchraydi.

Zarari. O‘rgimchakkana bilan zararlangan daraxt iyul-avgust oylarida zararlanish oqibatida barglar sarg‘ayib to‘kilib ketadi,  hosili mayda, sifatsiz va kam bo‘lib qoladi, hosildorlik 35-60% gacha kamayishi mumkin.

Morfologiyasi. Bog‘ o‘rgimchakkanasi (Schizotetranychus pruni Oudms.) maydaroq (400x200 mkm), cho‘zilgan tur bo‘lib, rangi yozda – yashil-sariq, qishlaydigani esa to‘q sariqdan qizg‘ishgacha, yelkasida 13 juft tukchalari ko‘ndalang qatorlarda joylashgan. Tuxumi yumaloq tiniq, loyqa-sariq tusda.

Biologiyasi. Otalangan urg‘ochi zotlari daraxt po‘stloqlarida qishlab chiqadi. Bahorda daraxt barglari yozila boshlashi bilan uyqudan chiqib, qo‘shimcha oziqlanadi. Hayoti davomida o‘rtacha 50 dona tuxum qo‘yadi va keyingi avlodga o‘tadi boshlab beradi. Bir mavsumda 7-10 ta bo‘g‘in berib rivojlanadi. Qishlashga ketish davri avgustdan boshlanib, 2-2,5 oy davom etadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

3-rasm. Meva o‘rgimchakkanasi bilan zararlangan olma novdasi va barglari

Qarshi kurash choralari. Erta ko‘klamda yoki kech kuzda daraxtlarning tanasini nobud bo‘lgan po‘stloqlardan tozalash va tushgan chiqindini yoqib tashlash; daraxtlar tanasini ohak bilan oqlash; erta ko‘klamda daraxtlarga shakl berish; bog‘ qator orasini kuzda 40-45 sm qilib shudgorlash; daraxt atrofini begona o‘tlardan tozalash; qishda yaxob suvi berish. 1. Fevral oyining 3-dekadasida va mart oyining 1-dekadasida  Ovipron 2000 KE gektariga 10-15 l  (10 litr suvga -100-150 ml) sepish lozim. 2. Iyun oyining 3-dekadasi, Iyul oyining 1-2- dekadalarida Argit, 57 % e.k.  gektariga 1,5 l  (10 litr suvga – 15 ml), Emafos 42% e.k. 1,0 l  (10 litr suvga - 10 ml), Omayt, 57% e.k. 1,5 l  (10 litr suvga -15 ml), Vertimek, 1,8% e.k. 0,4 l  (10 litr suvga - 4 ml), Ximgold, e.k. 1,0 l  (10 litr suvga -10 ml)  sepish lozim.

Paxtachi tuman O`simliklar karantini va himoyasi bo`limi fitosanitar nazorati davlar inspektorlari.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM