Ayrim jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri . . .

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

#Bilasizmi 

Ayrim jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, attestatsiyadan o‘tkazilmasdan beriladi

Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

-  tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

-  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);

-  xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) beriladi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:

-  tuman (shahar) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);

-  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);

-  xalqaro hamda respublika (final) bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) beriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6-bandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM