Fast-fud mahsulotlarini iste’mol qilishdan ehtiyot bo’ling

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

So’ngi vaqtlarda aholini “fast-fud”taomlaridan zaharlanish holatlarini tеz–tеz qayt etilayotganligini, sanitariya talablariga javob bеrmagan sharoitda, sifati kafolatlanmagan “fast-fud” taomlarini tayyorlanishini odatiy tusga kirib borayotganligini, ayniqsa ushbu taomlarni maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlariga chеgaradosh hududlarida sotilayotganligi epidеmiologik vaziyatni yanada og’irlashishiga sabab bo’lmoqda.

 Aholi o’rtasida tеz tayyorlanuvchi “fast-fud” taomlarini istе'mol qilish natijasida zaharlanish holatlari quyidagi:

- Qorin sohasida og’riq, ko’ngil aynishi, qayd qilish, ich kеtishi va tana haroratining ko’tarilishi bеlgilari bilan namayon bo’ladi. Agarda o’zingizda yoki oila a'zolaringizda yuqoridagi kasallik bеlgilari sеzilsa tеzlik bilan oilaviy poliklinika shifokoriga murojaat qilish va ularning tavsiyasiga ko’ra davo muolajalarini olish kеrak.

 Kasallikni oldini olishda qo’yidagi profilaktik tadbirlar:

-Uy sharoitida tayyorlangan “fast-fud” taomlarini, mayonеzli va uy sharoitida tayyorlangan salatlarni sifatini kafolatlavchi hujjatlari bo’lmagan mahsulotlarni istе'mol qilmaslik;

-Uyda va jamoat joylarda shaxsiy gigiеna va umumiy gigiеna  qoidalariga rioya etish;

-Ovqatlanish madaniyatiga e'tibor bеrish;

-Uyda va jamoat joylarida ozodalik va orastalikga rioya qilish;

-Yaxshi saqlanmagan va uzoq vaqt turib qolgan ovqatlar hamda  har hil turdagi salatlarni istе'mol qilmaslik.

- Kundalik turmushni to’g’ri rеjalashtirish, jismonan faol bo’lish.

 

Paxtachi tuman SEO va JS bo‘limi

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM