"Keksalar salomatligini muhofaza qilish oyligi" tadbirlari o'tkazildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi "Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-92-sonli va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida" PQ-241-sonli Qarorlari va Sog'liqni saqlash vazirligi hamda O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg'armasining 2023-yil 1-avgustdagi 10-175/qq-sonli qo'shma qaror ijrosini ta'minlash maqsadida bugun 15-avgust kuni Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasida "Keksalar salomatligini muhofaza qilish oyligi" doirasida keksalar tibbiy ko'rigi o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining 2023 yil 1 avgustdagi Qo‘shma qarorining ijrosi bo‘yicha Paxtachi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida tumandagi Nuroniylar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rigi viloyat tibbiyot muassasalarida mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda viloyatdan jami 15 nafar turli soha mutaxassislar Ftiziatr, Akusher-ginekologlar, Travmatolog-ortoped, Okulist, Onkolog, Endokrinolog, Dermatovenerolog,  Nevropatolog, kardiolog, LOR, Terapevt hamda Oftalmoskop va UTT avtobuslari ishtiroki ta’minlandi.

Tumanda 15 820 nafar nuroniylar bo‘lib, ularning 4 986 nafari joriy yilning 4 avgustidan boshlab tumandagi mavjud 11 ta oilaviy shifokorlik punkti va 5 ta oilaviy poliklinikalar tomonidan profilaktik ko‘riklardan va skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu tadbir 31 avgustga qadar davom etadi.

250 nafar Nuroniylar 15 avgust kuni viloyat va tuman tor soha mutaxassislar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 115 nafarda turli xil kasalliklar aniqlandi.

Shundan: Asab tizimi kasalliklari - 38 nafar, Ko‘z kasalliklari - 33 nafar, Lor kasalliklari - 3 nafar, Xirurgik kasalliklari - 10 nafar,  Endokrinolog kasalliklari - 14  nafar, ginekologik kasalliklar 2 nafar, yurak-qon tomir kasalliklari 41 nafar, Dermatovenerologik kasallar 3 nafar, onkologik kasallik 5 nafar va 38 nafarida boshqa kasalliklar aniqlandi. 40 nafar fuqaro UTT tekshiruvidan, 15 nafari flyuorografiya tekshiruvidan,  40 nafari EKG tekshiruvidan va 28 nafari laborator tekshiruvi hamda 68 nafari oftalmoskopiya tekshiruvlaridan o‘tkazildi.  Kasalliklar aniqlangan fuqarolarning 148 nafariga ambulator sharoitda davolanish uchun davo muolajalari yozib berilgan va 39 nafariga statsionar sharoitda davolanish uchun yo‘llanma yozib berilgan. Jumladan,  27 nafariga viloyat shifoxonasiga va 12 nafariga tuman shifoxonasiga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM