Brifing

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Assalom alaykum hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari navbatdagi brifingda "Tumandagi dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bozor tushumlari rejasi bajarilishi, narx-navo barqarorligini taminlash" mavzularida  qisqacha ma’lumot  berib o‘taman.

Ma’lumki, oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir.

Yer yuzida iqlim o‘zgarishining natijasida yuz berayotgan tabiiy ofatlar, yerlarni sug‘orish uchun suv tanqisligi, qurg‘oqchilik kabi vaziyatlar oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni qiyinlashtirmoqda. Oqibatda dunyo oziq-ovqat bozorlarida narx-navo ko‘tarilib bormoqda. Bunday xavf O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Shu boisdan  muhtaram Prezidentimiz mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash yuzasidan muhim vazifa va topshiriqlar belgilab berilmoqdalar.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Paxtachi tumanida Soliq inspeksiyasi, Departament, SES, Veterinariya qolaversa, tegishli tashkilotlar bilan ishchi guruhlar tuzilgan bo‘lib, ushbu gurux a’zolari bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash, aholiga sifatli va arzon narxlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini doimiy ravishda barqaror ta’minlash yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, Departament organlariga bozorlarda narx-navoning doimiy ravishda barqarorligini nazorat qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan keskin talablarning kelib chiqishini bartaraf etish yuzasidan zudlik bilan choralar ko‘rish hamda ushbu faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan noqonuniy ravishda faoliyat yuritishini oldini olish hamda choralar ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, tuman aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan arzon narxlarda uzluksiz ta’minlash maqsadida Paxtachi tumanida joylashgan  “Paxtachi dexqon bozori” MChJ hududida keng turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi “Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarka”lari tashkil  qilindi va aholiga arzonlashtirilgan narxlarda qishloq xo‘jaligi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sotilishi ta’minlanmoqda.

Bundan tashqari  tumanda tashkil qilingan oziq-ovqat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga aholi ehtiyoji uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, xususan shakar, o‘simlik yog‘i olib kelinib, markazlashgan holda viloyat bozorlar uyushmasi tomonidan belgilangan taqsimot asosida tuman hududidagi bozorlarga berilib, ushbu mahsulotlar nazorat ostida arzonlashtirilgan narxlarda sotilishi ta’minlanmoqda.

Bozorlardagi narx-navoni barqarorligini ta’minlash hamda sifatli mahsulotlar bilan bozorni to‘yintirish maqsadida tumandagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari jalb qilingan bo‘lib, ular o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozorlarga “daladan dasturxongacha” tamoili asosida sotilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, bozor hududidagi noqonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan doimiy ravishda Departament organlari tomonidan choralar ko‘rib kelinmoqda.

 

Etiboringiz uchun rahmat.  

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM