Paxtachilik maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun 22 iyun kuni Paxtachi tumanida Madaniyat markazida Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan ta’sis etilgan oltin va kumush medallarni tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2022-2023 o‘quv yili a’lochi o‘quvchilariga tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi M.Xamdamov, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, o‘qituvchilar va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.

Dastlab tumandagi 8 ta umumiy o'rta ta’lim maktablari zamonaviy maktab loyihasi bo‘yicha faol qatnashib, ushbu loyihada 12-13-34-37-maktablar 2-darajali hamda 1-11-14-22-maktablar 3-darajali sertifikat bilan taqdirlanganligi keng e’tirof etildi.

Ushbu sertifikatlar tuman hokimi tomonidan maktab direktorlariga topshirildi.

Shundan so‘ng joriy yilning 1 367 nafar bitiruvchilaridan 84 nafariga oltin va 7 nafariga kumush medallar bilan taqdirlandi.

Marosim so‘ngida tuman hokimi taqdirlangan bitiruvchilarning ota-onalariga farzandlarining ta’lim olishlariga yetarli shart-sharoitlar yaratib berganligi uchun o‘z minnaddorligini bildirib, Paxtachi tumani hokimligining "Tashakkurnoma"si topshirdi.

Tadbir so’ngida esa barcha uchun tuman Madaniyat va turizm bo‘limi xodimlarining kuy qo‘shiqlari ko‘tarinkilik ulashdi.

Eslatib o’tamiz, ushbu oltin va kumush medallar maktablardagi 11 yillik ta’lim jarayonida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga topshiriladi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM