EʼLON

GʻALLA YETISHTIRUVCHI XOʻJALIKLAR DIQQATIGA!

Paxtachi tumanida 2022 yilda urugʻlik don yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tuman hokimligi tomonidan ixtisoslashtirilgan A.Allayarov, Q.Rajabov va Sh.Nazarov hududlarda tender tanlov asosida uzoq muddatga boshoqli don urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida tanlov oʻtkaziladi

 

Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Fermer xoʻjaligi rahbari nomidan ariza;
  2. Fermer xoʻjaligi rahbari nomidan tilxat;
  3. Tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimining maʼlumotnomasi
  4. Fermer xoʻjaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
  5. Tuman Irrigatsiya tizimi boʻlimi maʼlumotnomasi.
  6. Viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma.
  7. Fermer xoʻjaligi rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti toʻgʻrisida hujjat (dimlom nusxasi)
  8. Fermer xoʻjaligi rahbarining qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar)
  9. Fermer xoʻjaligida ishlayotgan urugʻchi hosilotning maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat (diplom nusxasi va mehnat daftarchasi)
  10. Majburiyatdan ozod pul mablagʻi toʻgʻrisida tegishli bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma.
  11. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyaning tuman boʻlimi boshligʻi tomonidan berilgan maʼlumotnoma hamda texpasport nusxasi.
  12. Soʻngi 3 yil ichidagi gʻalla hosildorligi boʻyicha kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi boʻyicha don korxonalari yoki gʻallachilik klasterlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-106-sonli qarorining 7-bandida ixtisoslashtirilgan hududlarda tanlov asosida uzoq muddatga urugʻchilik xoʻjaliklari tanlash beligilangan.

Shundan kelib chiqib, tumanda har bir urugʻchilikka ixtisoslashtirilgan hududlardan chiqmagan holda, 5 yil muddatga urugʻlik don yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini tanlab olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi “Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 641-son qarorining 1-ilovasidagi Nizom talablariga muvofiq Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joriy yilning 15-iyulidan 5-avgustigacha qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida tender tanlovlari oʻtkaziladi.

Tanlov Paxtachi tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimida 2022-yil avgust oyining birinchi oʻn kunligida tanlov komissiyasi ishtirokida oʻtkaziladi.

Xujjatlar tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimiga 2 (ikki) nusxada taqdim etishlari lozim.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun manzil: “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” DM Samarqand viloyati boshqarmasi. Murojaat uchun telefon:
(94)-330-01-07, (90)-601-01-55, (66)-234-07-66, tuman qxb (99)-743-66-20.
 

 

 

Tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi                             F.Razzaqov

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM