Brifing

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni koʻchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-sonli qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar MAʼLUMOT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni koʻchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-sonli, Samarqand viloyat hokimining 2021-yil 18-dekabrdagi 194-7-0-Q/21-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida tuman hokimining  2021-yil 23-dekabrdagi 143-7-102-Q/21-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qaror asosida tuman prokurori boshchiligida Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman shtabi tasdiqlangan.

Mazkur shtab aʼzolari tomonidan 2022-yil dasturlariga kiritilgan obyektlar boʻyicha takliflar oʻrganilib, tegishli xulosalar viloyat shtablariga taqdim qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-sonli “2022-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq joriy yilda tumanimizning “Tadbirkor” mahallasidagi 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi uchun 1 ta 120 oʻrinli yangi maktab binosi, “Saroy” mahallasida joylashgan 46-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabning 240 oʻrinli binosi mukammal taʼmirlanib, ushbu maktab uchun yangi sport zal (12x24 metr) binosi qurish hamda “Chorgusha” mahallasidagi 2-sonli MTT binosini yangidan qurib foydalanishga topshirish belgilangan.

Shuningdek, joriy yilda salomatlik yoʻlaklarini barpo etish, Sultonobod hududida joylashgan qator mahallalarda 49 km ichimlik suvi tarmogʻini tortish hamda 8 ta mahallada 14,1 km ichki yoʻllarni asfalt qilish ishlarini amalga oshirish uchun 7,26 mlrd.soʻm mablagʻlar ajratilishi belgilangan. Yuqoridagi obyektlarga birma-bir toʻxtaladigan boʻlsak:

Tumanning Tadbirkor mahallasida joylashgan 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida pudratchi tashkilot “Jamshidjon universal savdo” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Obyektda 2-qavat gʻisht terish ishlari 100% bajarilgan. Plita montaj ishlari olib borilmoqda. 1-qavat elektro montaj, santexnika ishlari 90 % bajarilgan. Ichki suvoq ishlari 90% bajarilgan. Qurilish ishlari ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlib, qurilish ishlari bugungi kunda 70 % ni tashkil qiladi.

Tumanning “Saroy” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 46-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida pudratchi tashkilot “Jamshidjon universal savdo” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Obyektda  mavjud binoda tom yopish ishlari 80% bajarilgan. Ichki va tashqi suvoq ishlari, elektro montaj, santexnik ishlari olib borilmoqda.  Sportzalda Gʻisht terish ishlari 30% bajarilgan. Yordamchi binolarda plita montaj ishlari 100% bajarilgan. 2-qavat gʻisht terish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlib, qurilish ishlari bugungi kunda 65 % ni tashkil qiladi.

“Chorgusha” mahallasida joylashgan 2-sonli MTT binosini yangidan qurish ishlari pudratchi tashkilot “Jamshidjon universal savdo” MCHJ tomonidan olib borilmoqda. Obyektda 1-qavat gʻisht terish ishlari 100% bajarilgan. Plita montaj ishlari 100% bajarilgan. 2-qavat gʻisht terish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlib, qurilish ishlari bugungi kunda 55 % ni tashkil qiladi.

- tumanimizda 2022-yil “Obod qishloq” dasturi doirasida jami 26,55 mlrd.soʻm (shundan, byudjetdan 1,94 mlrd.soʻm) mablagʻlar hisobidan Qoʻshhovuz mahallasidan “Qoʻshhovuz” qishlogʻi hamda Goʻroʻgʻli mahallasidan “Birlik” qishloqlarida obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu qishloqlarda bugungi kunda dasturda belgilangan ishlar boshlangan. Jumladan, aholining yakka tartibdagi uy-joylarini fasad qismini taʼmirlash hududni obodonlashtirish, piyodalar yoʻlakchasi qurilishi, tungi yoritgich chiroqlari oʻrnatilishi, ichimlik suv tarmoqlarini tortilishi, aloqa kabellarini tortish, temir beton ustunlarni almashtirish, mavjud gaz quvurlarini hamda GRPlarni taʼmirlash, ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Tumanning Istiqlol mahallasi "Mirzo Ulugʻbek" va "Afsona" koʻchalarining meʼmoriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda pudratchi tashkilot “2-SON MKK” MCHJ tomonidan Mirzo Ulugʻbek koʻchasida qurilish ishlari olib borilmoqda. Obyektda qurilish ishlari 30 %ni tashkil etadi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM