Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari seminar o'tkazishdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilning 18-martdagi PQ-173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan Пахтачи tuman hokimligi binosida tumandagi yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatiladigan barcha davlat idoralari va tashkilotlari ishtirokida  o‘quv-seminari tashkil etildi.

Mazkur seminarda yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatiladigan barcha tashkilotlar xususan, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar xodimlari ishtirok etdilar.

Shuningdek, eksperiment tartibida bitta maktab hamda bitta bog'cha tanlab olinib, ushbu maktab va bog'chalarda “E-huquqshunos” elektron tizimi bilan ishlash amaliyoti o'rgatildi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM