“Iste’dodli yulduzchalar” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumani Хalq ta’limi bo’limi tomonidan 2018 yil 15-dekabrda tumandagi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o’qituvchilariga 2019 yil yanvar oyidan boshlab maktablardagi boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rtasida uch bosqichda “Iste’dodli yulduzchalar” ko’rik-tanlovi o’tkazilishi e’lon qilindi.

2019 yil 15 yanvargacha “Iste’dodli yulduzchalar” ko’rik-tanlovining 1-maktab bosqichi o’tkazilib, 2019 yil 18, 19, 25, 26- yanvar kunlari esa 4 ta hududda 2-hududiy bosqich o’tkazildi.

Тumandagi 47 ta umumiy o’rta ta’lim maktablaridan hududiy bosqichda g’oliblikni qo’lga kiritgan 13 ta umumiy o’rta ta’lim maktablari 3-tuman bosqichiga qatnashish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

2019 yil 2 fevral kuni tumandagi 25-sonli “Bolalar musiqa va san’at maktabi”da ushbu tanlovning yakuniy 3-tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Тuman bosqichida 3, 4, 6, 7, 10, 13, 16, 17, 30, 33, 36, 37, 45 umumiy o’rta ta’lim maktablaridan 8-10 nafardan tashkil etilgan boshlang’ich sinf o’quvchilari jamoalari quyidagi 6 ta shart bo’yicha bellashdilar:

1 shart: “Guruhlar tanishtiruvi”;

2 shart: “Qo’shiq ijrosi”;

3 shart: “Ommaviy milliy raqs”;

4 shart: “She’rni ifodali o’qish”;

5 shart: “Sahna ko’rinishi. Ertak”;

6 shart: “Yosh rassomlar bellashuvi”.

Тanlovni o’tkazish jarayonida 1-shart bo’yicha 4 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Kelajak yulduzchalari” va 10 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Yulduzchalar” guruhlari;

2-shart bo’yicha esa 6 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Yulduzchalar” va 17 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Barkamol avlod” guruhlari;

3-shart bo’yicha 7 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Yulduzchalar” guruhi va 30 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Yulduzchalar” guruhlari;

4-shart bo’yicha 16 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Gulg’unchalar” guruhi va 45 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Istiqlol yulduzlari” guruhlari;

5-shart bo’yicha 3 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Kelajak umidlari” guruhi va 33 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Kamalak” guruhlari;

6-shart bo’yicha 36 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Kamalak” guruhi va 37 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Iste’dodli yulduzchalar” guruhlari ko’tarinki kayfiyatlarda faollik bilan ishtirok etishdilar.

Тanlov yakuniga ko’ra 6 ta shartda ham iste’dodlarini namoyish etishda faollikni qo’ldan bermay qatnashgan 13 umumiy o’rta ta’lim maktabining “Тo’maris izdoshlari” guruhi ishtiroki a’lo darajada deb baholanib, mutloq g’oliblikni, ya’ni “oliy o’rin”ni egallashga muvofiq bo’lishdi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM