MUROJAAT

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Samarqand viloyati Paxtachi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi Akbar Turgʻunovning “Soliqchi — koʻmakchi” tamoyili asosida tuman davlat soliq xizmati organlarining amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan

MUROJAATI

Assalomu alaykum,

Hurmatli soliq toʻlovchilar!

Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari “Soliqchi – koʻmakchi tamoyili asosida faoliyat yuritishi ustuvor vazifa etib belgilangan. Xoʻsh, shu oʻrinda “Soliqchi — koʻmakchi” tamoyilining mazmun-mohiyati nimalardan iborat, degan oʻrinli savol tugʻilishi tabiiy. Eng avvalo, ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyingi bosqichda asosiy eʼtibor tadbirkorlik subyektining oyoqqa turib olishiga, faoliyat koʻrsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, xullas, nima muammosi boʻlsa hal etish boʻyicha koʻmaklashishga qaratiladi.

Paxtachi tumani davlat soliq xizmati organlariga II chorak uchun byudjet daromadlariga 16,2 milliard soʻmlik reja belgilangan boʻlib, haqiqatda 17,8 milliard soʻmlik tushum taʼminlandi va prognoz koʻrsatkichi 110 foizga (1,6 mlrd.soʻm ortigʻi bilan) bajarildi.

Belgilangan rejaning ortigʻi bilan bajarilishida har bir tadbirkorlarning muammolarini tushungan holda, ularga yaqin koʻmakchi sifatida ish tashkil qilingani asosiy sabab desam yanglishmayman.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari faoliyati tadbirkorlarni jazolashga emas, aksincha ularga eng yaqin koʻmakchi boʻlish, ishbilarmon doira vakillarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Demak, faoliyatimizga baho soliq qonunchiligi buzilishi qay darajada kamaygani, tadbirkorlarni ortiqcha sarf-xarajatlardan saqlab qolish, ular duch kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etishga qarab beriladi.

Faoliyatini boshlayotgan tadbirkor qator muammolarga duch kelishi ehtimoldan holi emas. Ayni jarayonda ularga davlat soliq xizmati organlari xodimlari koʻmakchi boʻlishi zarur.  

Darhaqiqat soliq xodimi eng avvalo, yangi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanini tanlab berishimiz zarur.

Ilgari tadbirkorlar soliq idoralarida xonama-xona yurib ovora boʻlar, qimmatli vaqtini yoʻqotar edi. Bugun esa tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratilayotganini eʼtirof etish joiz. Jumladan, soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish uchun inspeksiyaming Yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻlimidan 6 nafar, Kameral soliq tekshiruvi boʻlimidan 3 nafar, Soliq qarzini undirishni tashkil qilish boʻlimidan 3 nafar, Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish boʻlimidan 2 nafar, Soliq maslahati boʻlimidan 1 nafar,  Tashkiliy-inspektorlik boʻlimdan 1 nafar, jami 16 nafar xodim jalb qilingan.

Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi–tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili doirasida soliq organlari tomonidan izchil ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

 “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili doirasida tumandagi  565 ta tadbirkorlik subyektlari oʻrganildi. Shundan 502 tasiga koʻmaklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 116 ta, soliq qarzi toʻgʻrisida maʼlumot berishda 63 ta, soliq rejimini tanlashda ... ta, soliq imtiyozlari va ularni qoʻllash tartiblari boʻyicha tushuncha berishda 239 ta, 5141.4 soʻmlik QQS soligʻidagi mavjud ortiqcha toʻlovni qaytarishda 19 ta, 201,8 soʻmlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha toʻlov summasini qaytarishda 40 ta,  tadbirkorlik subyektiga koʻmaklashildi. Shuningdek, 20,0 soʻmlik imtiyozli kredit olishda 1 ta, infratuzilma bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishda 4 ta, hokimliklar bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda 34 ta tadbirkorga amaliy yordam berildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor berilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim dasturilamal hujjat boʻldi.

Taʼkidlash joizki, jismoniy shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan  sifatida roʻyxatdan oʻtishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi.

Bugungi kunda soliq toʻlovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messendjerida SoliqMaslahatchilari (6300 dan ortiq aʼzosi bor), Soliqchi-koʻmakchi Samarqand DSB  guruhlari tashkil qilingan boʻlib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Telegramdagi viloyat davlat soliq boshqarmasining viloyat_soliq_xabarlari rasmiy kanali orqali soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor boʻlishingiz mumkin. Shuningdek, tuman soliq inspeksiyasining soliqchi-kumakchi Telegram guruxida yozma murojaat qilishlari mumkin.

Soliq tizimida roʻy berayotgan oʻzgarishlarni sizlarga sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali koʻp ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Viloyat davlat soliq boshqarmasi, tuman davlat soliq inspeksiyalarida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar sizlarga koʻmak berishga har doim tayyor. Oʻzlaringizni qiynayotgan muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda koʻrsatilgan manzillar orqali bemalol murojaat qilishingiz mumkin.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM