Paxtachilik voleybolchi ayollar birinchi o‘rinni egallashdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachilik voleybolchi ayollar birinchi o‘rinni egallashdi

Bugun, 1-mart kuni Paxtachi tumanida O‘zbekistan madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati birlashgan qo‘mitasi tizimidagi xodimlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha viloyat ayollar spartakiadasi o‘tkazildi. Unda 24 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Paxtachi tumani faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Kattaqo‘rg‘on shahri, 3-o‘rin Jomboy tumani jamoalariga nasib etdi. 

Gʻolib va sovrindor jamoalar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalar: http://myurls.co/paxtachi

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM