Xususiy sektorda ishlaydigan ayollarga «dekret pullari» qisman davlat tomonidan qoplanadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Endi ularga ham 4 oyga 2 million so‘m miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi to‘lab beriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 2022 yilda 200 milliard so‘m, 2023 yilda esa 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonda 2022 yil 1 sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli to‘lab beradigan tizim yaratiladi. Bu haqda prezident yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Prezident ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish va bu boradagi yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi.

Mamlakatimizda har yili o‘rtacha 700 ming chaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli bo‘lgan ayollar kamida 4 oyga ishdan ajralishi, dekretga chiqishi kerak.

«Ochiq aytish kerak, ayni paytda byudjet tashkilotlari homiladorlik nafaqasini to‘liq to‘lab bersa-da, xususiy sektorda bu xarajat tufayli ayollarni rasmiy ishga olishdan qochish holatlari ham, afsuski bor.

Shu bois, 2022 yil 1 sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli to‘lab beradigan tizim yaratiladi.

Endi, ularga ham 4 oyga 2 million so‘m miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi to‘lab beriladi.

Bu maqsadlar uchun, byudjetdan 2022 yilda 200 milliard so‘m, 2023 yilda esa 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi», dedi prezident.

Yig‘ilishda e’lon qilingan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yana bir qator chora-tadbirlar:

ehtiyojmand yolg‘iz ayollar farzandlari uchun davlat bog‘chalari to‘lovlari byudjetdan qoplab beriladi;
yirik ishlab chiqarish korxonalari, to‘qimachilik klasterlari va kechki smenada aksariyat ayollar ishlaydigan korxonalar bog‘cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi davlat tomonidan to‘lab beriladi;
27 ming nafar ayolning uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha aniq rejalar belgilab olingan;
2022 yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltiriladi;
uy-joyga muhtoj 14 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovlari uchun 500 ming so‘mgacha kompensasiya beriladi;
2022 yilda respublika bo‘yicha 1 mingta ijtimoiy uylar sotib olinadi;
viloyat hokimlari ushbu uylarning 700 tasini uy-joyga muhtoj yolg‘iz ayollarga ijaraga beradi, ushbu xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatiladi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM