Ochiq muloqot: Yangi ma'naviy makonni yaratish borasidagi ishlar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Assalomu alaykum hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari, aziz yoshlar.

Bugungi ochiq muloqotimizning mavzusiYangi ma’naviy makonni yaratish borasidagi ishlar.

Bugungi kunda maʼnaviyat bilan bogʻliq masalalar tobora dolzarblashib boryapdi. Bu, oʻz navbatida, yangi Uygʻonish davri poydevorini yaratish jarayonida eng rivojlangan jamiyatlar talabiga javob beradigan, erkin va hur fikrli, zamonaviy maʼnaviy makonni shakllantirish zarurati nihoyatda muhim masalaga aylanayotganidan dalolat beradi.

Yangi maʼnaviy makon nima?

Yangi maʼnaviy makon Yangi Oʻzbekistonning maʼnaviy qiyofasi yaqqol aks etadigan, xalqimiz intilayotgan va el-yurtimiz baxtiyor yashaydigan maʼrifatli jamiyatdir. Azaliy milliy qadriyatlarimiz, ota-bobolarimizdan meros boʻlib kelayotgan odob-axloq qoidalarining butunlay yoʻqolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida, maʼnaviyat va maʼrifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga, intilishiga eʼtibor qaratish birinchi o‘rinda turadigan jamiyat.

Bu fikrlar prezidentimizning Yangi O‘zbekiston Strategiyasi kitobida keltirib o‘tilgan.

Endi biz ushbu kitob orqali yuqoridagi fikrlarga javob izlab ko‘ramiz.

Avvalambor, “ommaviy madaniyat” koʻrinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar, giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi balo-qazolardan yoshlarimizni asrash, ularning taʼlim-tarbiyasiga har birimiz masʼul ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak. Bu borada biz asrlar davomida shakllangan milliy anʼanalarimizga, ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosiga tayanamiz.

Jamiyatimizda sogʻlom fikr, sogʻlom kuch ustuvor boʻlishi uchun biz maʼnaviy hayotimizni yuksaltirish, aholi, avvalo yoshlarimizni turli zararli taʼsirlardan asrash, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash haqida muntazam oʻylab, faol ishlashimiz zarur.

Ayni vaqtda odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan maʼnaviy tahdidlar ham tobora xavfli tus olayotganini hisobga oladigan bo‘lsak birinchi o‘rinda tizimli ravishda sektorbay, mahallabay va individual tarzda jamiyatimiz hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar va keng qamrovli islohotlarimiz talablaridan kelib chiqib targʻibot va tashviqot ishlarini ko‘paytirishimiz kerak.

Xalqimizning tinchligi, jamiyatimiz barqarorligi, umuminsoniy, milliy va diniy qadriyatlarimizga qarshi qaratilgan, milliy oʻzligimizni, xalqimizning asrlar davomida shakllangan hayot tarzini barbod qilishga yoʻnaltirilgan tahdidlarga qarshi kurashishning samarali usul va vositalarini ishlab chiqish va qoʻllash ishlarini ham ham zamonga moslashimiz kerak.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, global internet tarmogʻi orqali tarqatilayotgan buzgʻunchi gʻoyalar, gʻarazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi “jozibador” tasvirlar va media mahsulotlar tarqalishining oldini olish yuzasidan ishlarni kuchaytirish zarur.

Unutmaslik kerakki, ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarning oʻz vaqtida berib borilishi yolgʻon maʼlumotlar tarqalishini oldini oladi.

Prezidentimiz bir jumlani alohida taʼkidlagan, agar Kimki maʼnaviyat masalasi bu faqat Maʼnaviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb oʻylasa, katta xato qiladi. Bularning hammasi davlatimiz va jamiyatimizning, barcha rahbarlarimiz, bizning ishongan togʻimiz boʻlgan ilgʻor ziyolilarimiz, barcha-barchamizning eng asosiy va muhim vazifamizdir.

Bu haqiqatni hammamiz tushunib, anglab yetib, oʻz faoliyatimizni shu asosda olib borsak, maʼnaviy-maʼrifiy sohada oʻz oldimizga qoʻygan vazifalarni albatta muvaffaqiyatli ado etamiz.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM