Korporatsiya issiqxonasida bodring yetishtirilmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumani Sardoba mahallasi hokim yordamchisi Zokir Holiqulov ushbu mahallada tashkil etilgan "Abbosbek Azizbek agro tomorqa" Ishlab chiqarish korporatsiyasi (ICHK) faoliyati bilan tanishdi. 
Ushbu ICHK joriy yilning fevral oyida tumandagi ATB "Mikrokreditbank" Ziyovuddin filiali tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 25 sotix yer maydonida zamonaviy issiqxona tashkil etdi.
Mazkur issiqxonaga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi ham o‘rnatildi hamda bodring ko‘chati o‘tqazildi.

Endilikda ushbu issiqxonada 4 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish bilan band bo‘ldi.

Bizning sahifalar: http://myurls.co/paxtachi

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM