Matbuot anjumani

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mavzu: Radikalizm, ekstermizm va terrorizm -barqaror taraqqiyot kushandasi

Bugungi kunda tumanda “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyili asosida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa tumandagi koʻplab taʼlim muassasalarida va mahalla fuqarolar yigʻinlarida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suhbatlari, uchrashuvlar maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda mavzuga oid video roliklar namoishi tashkil etildi.

Jumladan;

Paxtachi xizmat koʻrsatish texnikumi va kasb-hunar maktablarida, Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 35 dan ortiq maktablarda hamda 20 ga yaqin mahalla fuqarolar yigʻinlarida davra suxbatlari tashkil etilib unda 2 mingdan ortiq yoshlar va mahalla fuqarolari ishtiroki taʼminlandi.

Uchrashuvlar orqali tinchlik, taraqqiyot va faravonlik albatta oʻz-oʻzidan boʻlmaganligi, bu, avvalambor, Alloh taoloning bizga bergan cheksiz inoyati boʻlsa, ikkinchidan, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat natijasi ekanligi shu bilan birgalikda hozirgi davrda, bizning tinchlik va faravonligimizga hasad koʻzi bilan boqib, oʻz gʻarazli, shaxsiy manfaatlari yoʻlida, turli vosita va usullardan foydalanib, buyuk neʼmat boʻlmish tinchligimizga rahna soluvchi kuchlar ham yoʻq emasligi toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tumanimizda diniy vaziyat barqaror hisoblanib, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” hamkor tashkilotlar bilan ishlab chiqilib tegishli bandlari ijrosi taʼminlanib kelinmoqda. Jumladan, tumandagi
57 ta MFYlarda reja asosida targʻibot guruhi aʼzolari tomonidan ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha roʻyxatga olingan nosogʻlom muhitdagi oilalar bilan yakka tartibdagi psixologik suhbatlar doimiy oʻtkazilmoqda.

Paxtachi tumanida ijtimoiy koʻmakka muhtoj shaxslar jumladan, bugungi kunda JIEMda jazo muddatini oʻtayotganlar, profilaktik hisob va maʼmuriy nazoratda turgan hamda Probatsiya xizmati nazorati ostida turgan fuqarolar va ularning oila aʼzolari bilan doimiy ravishda proflaktik ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birgalikda xorijga ishga ketayotgan fuqarolarning DEO taʼsiriga tushib qolishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan tushuntirish ishlari va profilaktika tadbirlari tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida tegishli soha vakillari hamkorligida chet eldan qaytgan mehnat migrantlari hamda xorijga ishga ketayotgan fuqarolar bilan suhbatlar va targʻibot ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.

Tumanda diniy adabiyotlar, audio, video materiallarning savdosi bilan shugʻullanuvchi savdo doʻkonlari mavjud boʻlib ushbu diniy kitoblar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishib chiqilganda noqonuniy diniy adabiyotlar sotish holati aniqlanmadi, hamda noqonuniy diniy kitob savdosini oldini olish maqsadida fuqarolar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan tuman hokimi tomonidan 2021-yil 26-noyabrda ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan.

  • Paxtachi tumanida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda tumandagi masjidlarda otinoyilar va imomlar bilan targʻibot ishlari olib borishda mazkur masalada hamkorlikda ishlash orqali fuqarolar oʻrtasida oʻtkazilayotgan diniy tadbirlarda bu mavzularda aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib boish tavsiya etildi.

Bundan tashqari barcha mahalla otinoyilari hamkorligida mahallalarda xotin-qizlar oʻrtasida nosogʻlom diniy gʻoyalar taʼsiriga tushib qolish, oʻz joniga qasd qilish, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish xolatlari yuzasidan hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, missionerlik va prozelitizmning buzgʻunchi mohiyatini fosh etish va fuqarolarni ularning taʼsiridan asrash maqsadida DIQ Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining Paxtachi tumani boʻyicha bosh mutaxassisi hamda tuman bosh imom-xatibligi tomonidan internet saytlari hamda tumandagi “Paxtachi” gazetasiga muntazam ravishda maqolalar berib borilmoqda.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM