Pomidor va bodring o‘simligida "Sitrus oqqanot", "Sitrus inli kuya", "Pomidor kuyasi" kabi zararkunandalar hamda "Pomidorning jigarrang bujmayish virusi" (Tomato brown rugose fruit virus-ToBRFV), “fuzarioz so‘lish” kasalligi ham issiqxonalarda, ham ochiq dalalarda uchraydi. Pomidor va bodring o‘simligida uchraydigan “fuzarioz so‘lish” kasalligi bilan kasallanganda zararlangan urug‘, urug‘barg va yosh nihollar butunlay chirib ketadi. Kasallik o‘simlikning pastki barglari, ko‘pincha bir tomondan sarg‘ayishi va o‘simliklar so‘lg‘in bo‘lib qolishidan boshlanadi. So‘lgan barglar quriydi, biroq tushmasdan, novdalarda osilib qoladi. Novdalar ham o‘simlikning bir tomonida so‘lishi mumkin, keyinchalik butun o‘simlik so‘ladi. Novdalar ustida sariq chiziqchalar paydo bo‘ladi. Zararlangan o‘simliklar so‘lishdan oldin zaiflashadi va bo‘yi juda past bo‘lib qoladi. Bu kasllikni qozg‘atuvchi zamburug‘ issiqsevar organizmdir.
Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi Paxtachi tuman agronom inspektorlari A.Zulfiqorov va N.Turaqulov.