Brifing: Sog‘lom turmush tarzi madaniyati: Jismoniy tarbiya va sport

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumanida aholisini sport bilan shug‘ullanishi uchun bugungi kunda tumanimizda 6 ta stadion, 56 ta sport zal, 46 ta futbol maydoni, 12 ta sun'iy qoplamali mini futbol maydoni, 54 ta basketbol maydoni, 54 ta voleybol maydoni, 49 ta gandbol maydoni 2 ta fitnes zallari va 1 ta Bolalar-o‘smirlar sport maktabi faoliyat yuritib kelmoqda.
Aholiga qulay shart–sharoitlar yaratish maqsadida 2021 yilda tumanimizda 12.3 km salomatlik yo‘laklari, 10 km velosiped yo‘lakchalari, 2 ta mini futbol maydonchasi, 30 ta “Vorkout” maydonchalari foydalanishga topshirildi.
2020 yil 30 oktyabr'dagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6099-sonli Farmoni tasdiqlandi. Ushbu farmonni ijrosini ta'minlash maqsadida bilantuman aholisi o‘rtasida ommaviy sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha reja-grafik ishlab chiqilgan. Har shanba kunlari aholi, ayniqsa yoshlar, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat faoliyatini ko‘rsatib kelayotgan xodimlar o‘rtasida 5000 qadam sog‘lomlashtirish yurishlar odatday bo‘lib qoldi.
1. Hozirgi kunda Paxtachi BO‘SMda 77 nafar murabbiylar faoliyat ko‘rsatmoqda, 2474 nafar yoshlar sportning 17 ta sport turi buyicha muntazam shugullanib kelmoqda, shundan 1104 nafari qiz bolalar:
- 15 nafar (19,48%) Oliy ma'lumotli o‘qituvchilar sonini 29 nafarga (37.66%)ga oshdi;
- 48 nafar (6,2.33%) o‘rta maxsus–ma'lumotli o‘qituvchilarni Oliy ta'lim muassasalarining maxsus sirtqi yo‘nalishida o‘qitish;
- 2025 yilga kadar BO‘SMdagi 100% murabiylar oliy ma'lumotli bo‘lishga erishish;
- hozirda faoliyat olib borayotgan 2 nafar oliy toifali o‘qituvchilar sonini kamida 5 nafarga yetkazish;
- 1 nafar birinchi toifali o‘qituvchilar sonini kamida 12 nafarga yetkazish;
- 5 nafar ikkinchi toifali murabiylarni 20 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
2. Sport maktabi shug‘ullanuvchilaridan O‘zbekiston Chempionati va Kuboklarida jami g‘olib va sovrindorlar soni o‘tgan yili 19 nafar shundan 1-o‘rin 4ta 2-o‘rin 5 ta, 3-o‘rin 11 tani tashkil qilgan bo‘lsa, Xalqaro turnirlar va Jaxon chempionatlarida g‘olib va sovrindorlar soni o‘tgan yili 11 nafarni tashkil qilib, shundan 2 ta 1-o‘rin, 2ta 2-o‘rin, 7ta 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, joriy yilda O‘zbekiston Chempionati va Kuboklarida kutilayotgan g‘olib va sovrindorlar sonini 30 nafarga yetkazish kutilmoqda. Xalqaro turnirlar va Jaxon chempionatlarida ham munosib ishtirok etib g‘olib sovrindorlar sonini 15 nafarga yetkizish rejalashtirilgan.
3. 3-sektor hududida investisiya dasturi doirasida qurilayotgan “Amirobod” mahallasida joylashgan stadion, BO‘SMga qarashli bo‘lib, umumiy maydoni 2 gektarni tashkil etib, 1800 o‘rinli tomoshabinga mo‘ljallangan stadion 5 mlrd. 774 mln. so‘m mablag‘ ajratilib rekonstruksiya qilinib, sport jixozlari bilan jixozlanib foydalanishga topshirilishi arafasida. Majmuada Olimpiya sport turlaridan boks, og‘ir atletika, futbol, taekvondo VTF, voleybol, basketbol to‘garaklarini tashkil qilinib yoshlarni doimiy sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlar yaratilmoqda.
4. Paralimpiya sportchilarining matonatli va ibratli hayot tarzini keng targ‘ib kilish hamda nogironligi bulgan shaxslarga sport bilan shugullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maksadida jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Imkoniyati cheklangan shaxslar sport mashgulotlariga qatnashishlari uchun kumak beruvchi “Volontyorlik harakati” tashkil etildi. 2022 yil 1-chorak yakuni bilan BO‘SMda sportning para-engil atletika, para-dzyudo va para-taekvondo turlaridan sport tugaraklari tashkil etilitshi rejalashtirilgan. Ushbu ishlarni amalgna oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud.
5. Olimpiya va paralimpiya dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni saralash bo‘yicha 2021-2024 yillar uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Sportchilarni Osiyo, Paraosiyo va xalqaro musobaqalarida muvafaqiyatli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda.
6. Tuman MTT, XTB, Yoshlar agentligi tuman bo‘limi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum, tibbiyot birlashmasi, IIB bilan xamkorlikda ommaviy sport tadbirlar rejasi tuzilib tasdiqlandi. Ushbu rejasiga asosan tumanda sportning erkin kurash , milliy kurash, belbog‘li kurash, qo‘l to‘pi, futbol, yengil atletika, shaxmat, voleybol, badiiy gimnastika, shashka, dzyudo, taekvon-do VT, velosport, qo‘l jangi, badminton, basketbol, stol tennis, yunon-rum kurashi, davolash gimnastikasi, gimnastrada, marafon yugurish, velomarafon turlaridan sport musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.
7. Tuman mahalla yoshlari o‘rtasida “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi” va “Charm to‘p” musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

8. Shuningdek, 2021 yil davomida: 1-sektorda sportning voleybol, basketbol, futbol va mini futbol turlaridan “Hokim kubogi” musobaqalari, 2-sektorda milliy kurash va stol tennis turidan “Prokuror kubogi”, 3-sektorda voleybol shashka, shaxmat, taekvondo VT turlaridan “Sektor rahbari kubogi”, 4-sektorda shaxmat, shashka, basketbol, erkin kurash, mini-futbol turlaridan “Sektor rahbari kubogi” musobaqalari o‘tkazildi. Shuningdek, har bir sektorda yurish, marafon yugurishlar, velomarafon musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.
9. Sportda erishgan yutuqlar to‘g‘risida qisqagina qilib aytadigan bo‘lsak 2021 yil Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Paraolimpiya o‘yinlarida tumanimizdan Samandarova Zarina paradzyudo sport turidan qatnashib faxrli 3-o‘rinni egalladi hamda paraengilatletikadan disk uloqtirish bo‘yicha Norbekov Husniddin qatnashib faxrli 1-o‘rinni egallab yurtimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tardi.
Erkin kurash bo‘yicha Iskandarov Umidjon yoshlar o‘rtasida Vengriyada o‘tkazilgan jahon chempionatida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yaqinda bo‘lib o‘tgan Belbog‘li kurash bo‘yicha Jizzax shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida Sunnatullaeva Mashxura yoshlar o‘rtasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM