"Qo‘rg‘oncha"da har dushanba bozor bo‘ladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tumani hokimligi tomonidan tumanning eng olis Chashma mahallasidagi Qo‘rg‘oncha qishlog‘i aholisiga arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha grafik ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, har hafta dushanba kunlari Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida "Go‘zal Paxtachi" xususiy korxonasi, "Paxtachi Dehqon bozori" MCHJ, "Chorshanba Dehqonbozori" MCHJ va "Sanbar savdo komleksi" MCHJlar tomonidan qishloq ahli ehtiyoji uchun zarur oziq-ovqat va xo‘jalik ashyolarining arzonlashtirilgan savdosi tashkil etiladi.

Dastlabki savdo "Go‘zal Paxtachi" xususiy korxonasi va "Paxtachi Dehqon bozori" MCHJ tomonidan tashkil etilib qo‘rg‘onchaliklar bozorini yaqin qilishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda: http://myurls.co/paxtachi

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM