Murojaatimiz ijobiy hal etildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 92-sonli Qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan  Mirzo Olim mahallasida 27- yanvar kuni sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tgan edi.

Ushbu uchrashuvda o'z muammolari bilan murojaat qilgan To'xtamurodova Lobar va Rahmatullaeva Gulhayolarga o'qishi uchun shartnoma pullari tulab berildi. Normuminova Umidaga esa harakatlanish uchun aravacha topshirildi.

Murojaatlari ijobiy yechim topgan yoshlar Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamovga va Paxtachi tumani yoshlar ishlari agentligi direktori R.Sharipovlarga va Mirzo Olim mahalla faollari nomidan minnatdorchilik bildirishdi.

Aholi murojaatlarini qonuniy ijobiy yechim topishi yo'lida Paxtachi tumanidagi barcha mutasaddilar faol ish olib borishda davom etishmoqda.

Bizning sahifalar: http://myurls.co/paxtachi

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM