Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Paxtachi tuman elektr ta'minoti korxonasining barcha xodimlari ishtirokida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o'tdi.


Ushbu yig‘ilishga Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Paxtachi tumani bo'limi boshlig'i F.Aliyev, Paxtachi tuman prokuraturasi tergovchisi S.Ochilboyev, Paxtachi tuman IIB tergov bo'limi tergovchisi M.Temirov va "Samarqand HETK" AJning komplayns nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i D.Otamurodovlar davlatimizda korrusiyani yo‘qotish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, korrupsiyaga olib kelish sabablari, korrupsiyaga  qo‘l urgan fuqaroga nisbatan qo‘llaniladigan choralar va bu holat bo‘yicha salbiy oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tishdi.


Yig‘ilishda Paxtachi TET korxonasi boshlig‘i F.Berdiyarov so‘zga chiqib, korxonamizda ishlab kelayotgan har bir xodim korrupsiya bilan kurashishda o‘z hissasini qo‘shish, nazoratni ko‘chaytirish to‘g‘risida gapirib o'tdi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM