O‘qotar qurolni ixtiyoriy ravishda topshirish jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga sabab bo‘ladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘qotar qurolni ixtiyoriy ravishda topshirish jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga sabab bo‘ladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 4-qismi)

  Paxtachi tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat tartibini saqlash bo‘linmalarining Nazorat-lisenziya faoliyati bo‘yicha katta inspektori K.N.Saidov tomonidan ham bugungi kunda tuman aholisi o‘rtasida olib borilayotgan keng qamrovli targ‘ibot va profilaktik-tushuntirish tadbirlari natijasida, 2022 yil 12 fevral kuni Paxtachi tumani “Obodon” MFYda yashovchi, fuqaro Sh.A. yashash hovlisidagi eski molxona ayvonlarini qayta qurish maqsadida buzayotgan vaqtida, eski devor orasidan topib olgan, marhum bobosidan qolib ketgan bir dona tashqi ko‘rinishdan soyli uzun bir milli, “TOZ-8” rusumli, kalibri 5,6 mm.li, № 69595 raqamli, ishlab chiqarilgan sanasi va joyi noaniq bo‘lgan o‘qotar vintovkani ixtiyoriy ravishda tuman Ichki ishlar bo‘limiga olib kelib topshirdi.
  Ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda aniqlik kiritish maqsadida sudga oid ballistika ekspertizasi tayinlanib, qonuniy qaror qabul qilish bo‘yicha hududiy profilaktika inspektori tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

K.N.SAIDOV
Paxtachi tumani Ichki ishlar bo‘limi

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM