Matbuot anjumani: O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha tumanda bajarilayotgan ishlar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

1. Davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targʻib qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida:

O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda 1998-yil 25-dekabrdagi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli va “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-sonli farmonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil   10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targ‘ib qilish ishlari, avvalambor, ijitimoiy tarmoqlarda, tuman hokimligi ishchi xodimlari hamda tumandagi korxona, tashkilot, muassasa va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida olib borilmoqda.

Shuningdek, maktablarning Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari bilan 3 marta ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tilida ish yuritish hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritish seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tuman Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida qilingan qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan reja-grafikka asosan Davlat tilida ish yuritish yuzasidan tashkilot va korxonalarda 46 marta o‘rganishlar olib borildi.

2. Paxtachi tumanidagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar, reklama va eʼlonlar, ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining davlat tilida bo‘lishini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida:

Tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan 2021-yilning sentabr-dekabr hamda 2022-yilning yanvar-fevral oylarida tumanda tashqi reklama vositalari O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi Qonuni 20-moddasi talablariga asosan o‘rganildi va qonun talablariga muvofiq kelmaydigan peshlavha, reklama va boshqa e’lon, axborot matnlari olib tashlash ishlari olib borilmoqda.

Bu borada ishlarni tizimli olib borish maqsadida tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda 1058 ta tashqi yozuvlar aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni qonun talablariga moslashtirish maqsadida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari raisligida “Tuman ishchi guruhi” tuzildi. Mazkur ishchi guruh tomonidan olib borilgan tushuntirish va targ‘ibotlar natijasida 260 ta tashqi yozuv va peshlavhalar aniqlandi. 2021-yilning sentabr-dekabr oylari davomida 229 ta tashqi yozuvlardagi kamchiliklar bartaraf qilindi. Shundan: 125 ta xorijiy tilda yozilgan tashqi yozuvlar, 104 ta xato bilan yozilgan tashqi yozuvlardir.

4. Tumanda OAV, internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda davlat tiliga bag‘ishlangan maqola va materiallar berib borish bo‘yicha:

Davlat tiliga oid normativ-huquqiy hujjatlar va uning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan televidenieda, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib borilmoqda.

Jumladan, 2021-yilning sentabr-dekabr hamda 2022-yilning yanvar-fevral oylari davomida ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida, jami 17 ta chiqishlar qilindi. Shundan, 3 marta viloyat va respublikaning boshqa teleradiokanallarida reportajlar, 14 marta ijtimoiy tarmoqlarda maqolalar va ma’lumotlar berildi.

 

Tuman hokimi maslahatchisi                                       A.G‘apporov

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM