Matbuot anjumani:Qishloq xo'jaligini jadal rivojlantirsh suv resurslaridan samarali foydalanish

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining QISHLOQ XO‘JALIGIDA YER VA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-sonli Farmonida berilgan topshiriqlarning Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bajarilishi bo'yicha ma'lumot berib o'tsam.

2021 yil Irrigasiya va melioratsiya tizimi bo‘yicha tumandagi mavjud qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish uchun 2021 yilda 204 mln.m3 suv ajratildi. Ajratilgan suv bilan 6 254 gektar g‘alla, 8 195 gektar paxta hamda 2 926 gektar tomorqa va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari sug‘orildi.


Tumandagi xo‘jaliklararo kanallarda joriy yilda 15,5 km kanallar mexanizmda tozalandi, 52 dona gidrotexnik inshootlar va 59 dona gidropostlar to‘liq ta'mirlandi.
Tumandagi suv xo‘jaligi tashkilotlari hisobida bo‘lgan 17 dona gidropostlar “Aqlli suv” qurilmasi bilan jihozlandi. Bu orqali suv resurslaridan foydalanishni raqamli texnologiyalar yordamida "onlayn" rejimida nazorat qilish imkoni mavjud bo‘ldi.
Har yili davlat dasturi asosida tumanimizda zovur tarmoqlarida ta'mirlash va tiklash ishlari amalga oshiriladi. Joriy yilda ham “Oqkul” loyihasi bo‘yicha 67.5 km zovur qazish rejalashtirilgan bo‘lib, 67.5 km tozalash ishlari yakuniga yetkazildi. Loyiha tarkibidagi kollektorlar to‘liq tozalanishi natijasida tumandagi 1 500 gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanishiga erishiladi.
Nasos satansiyalari va energetika boshqarmasi hisobida bo‘lgan tuman hududida joylashgan nasos stansiyalarida bugungi kunga qadar 6 dona nasos agregati va 7 dona elektrodvigatellar yangisiga almashtirildi, 42 dona rotorlar, 18 ta nasos agregati, 9 dona zadvijkalar ta'mirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi PQ-4919-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tumanda joriy yil qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida 819 gektar, rejalashtirilgan bo‘lib amalda 1 043 gektar paxta, 143.6 gektar tok maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi o‘rnatildi. Joriy etilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi uchun davlat tomonidan klaster va fermer xo‘jaliklariga 9 045.6 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.

    Tumanda har bir sektor hududida sug‘orish shtablari tashkil etilib, faoliyat yuritmoqda. Sug‘orish shtablarida suv xo‘jaligi xodimlaridan iborat otryadlar fermer xo‘jaligi va boshqa suv iste'molchilarini o‘z vaqtida va kafolatli suv bilan ta'minlanishi, ajratilgan suvdan to‘g‘ri foydalanishini nazorat qiladi.

2022 yilda irrigasiya va melioratsiya tadbirlarida amalga oshiriladigan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 fevraldagi  PQ-5005-sonli Qarori asosida tumanda kelgusi yilda Suvli kanalining 0.200 km qismi hamda “Zarafshon1-2” nasos stansiyalari mashina kanallarining tarmog‘ining 2.7 km qismida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish belgilab qo‘yilgan. Ushbu rekonstruksiya ishlariga O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga muvofiq aniqliklar kiritib boriladi.
Tuman irrigasiya bo‘limi hisobidagi 7.5 km kanallar mexanizm yordamida tozalanadi, 8 dona gidrotexnik inshootlar va 9 dona gidropostlarda ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, qo‘shimcha 2 dona gidropostlar “Aqlli suv” uskunalari bilan jihozlanadi.
2022 yilda tumandagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida “Nodim Ziyovuddin”, “Keshtali”,loyihasi asosida 70 km uzunlikdagi kollektor tarmoqlarini ta'mirlash hamda Nodim Ziyovuddin, Q.Rajabov MMTP hududidlarida 4 km rekostruksiya ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirda ushbu loyihaning dastlabki hujjatlari to‘planib, viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasiga topshirilgan.Ushbu ishlar amalga oshirilishi natijasida tumandagi 1 550 ga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanishi kutilmoqda.
Meliorativ kuzatuv quduqlarning 32 donasi  2022 yil ta'mirlash rejasiga kiritilgan.
Tuman hududida joylashgan Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi tasarrufida bo‘lgan Paxtakor 1-2 nasos stansiyalari “Vneshekonombank” tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga to‘liq rekonstruksiya qilish ishlari 2022 yil yanvar oyidan amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 1 mln 622 ming yevroni tashkil etadi. Nasos stansiyalari modernizasiya qilingandan so‘ng qo‘shimcha 281 gektar maydonni sug‘orish imkoni yaratiladi, shuningdek, elektr energiyadan, ekspluatasiya harajatlari hamda ish haqidan jami 193 mln so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishiladi. Modernizasiya ishlarini nihoyasiga yetkazish 2022 yil oktyabr oyiga rejalashtirilgan.

Shuningdek, 22 ta rotor, 11 dona zadvijka, 17 dona nasos agregatlari qayta ta'mirdan chiqariladi.
Suv tejovchi texnologiyalar  bo'yicha  2022 yil rejasi  2 300  gektar  bo‘lib, 2 300 gektar maydonga  suv tejovchi texnologiyalarni qurish bo‘yicha “Omad start” MChJ bilan “Paxtachi klaster” MChJ o‘rtasida pudrat shartnomalari imzolangan. Bugungi  kunda  400 gektar Paxtachi  klaster  tomonidan  kredit  shartnomasi  rasmiylashtirilgan,  hamda  tumandagi  35  ta  fermer xo'jaliklari tomonidan 730 gektar  paxta  maydonlariga  tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy qilish loyihalari tayyorlanib fermer xo'jaliklari tomchilatib sug‘orish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, yangidan barpo etiladigan tokzorlarda ham tomchilatib sug‘orish  texnologiyasini joriy etish ko‘zda tutilgan.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM