Exinokokkoz kasalligidan saqlanish o‘z qo'lingizda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Exinokokkoz kasalligini mayda lentasimon oq rangli gijjaning lichinkasi keltirib chaqiradigan parazitar kasallik bo‘lib jigar, o‘pka va boshqa ichki organlarni jarohatlaydi.
 Exinokokk lichinkasi qoramol, qo‘y, echki, chuchqa, tuya, bug‘u, eshak hamda odam oraliq xo‘jayin sifatida yashaydi. Exinokokklar uchun itlar, bo‘rilar, tulkilar va boshqa go‘shtxo‘ralar asosiy  xo‘jayin hisoblanadi. Exinokokklarning voyaga yetgan gijjalari asosiy xo‘jayinlarning ingichka ichagida tekinxo‘rik qilib yashaydi.
Tulki, bo‘ri, bursiq, chiyabo‘ri va itlar ahlati bilan to‘proqqa, suvga, o‘tga, sabzavotlarga va xaqozolarga gijja tuxumlari tushadi. Asosan, bizda itlar gijja tashuvchilar hisoblanib  it tumshug‘iga va junlariga exinokokk tuxumlari yopishib qoladi, itni silab-siypalaganda, uy jihozlariga yaqinlashtirilganda, exinokokk tuxumlarini suv, oziq-ovqatlar, sabzavotdar bilan yutib yuborilganda yoki ularni ifloslangan qo‘l bilan og‘izga solganda, ko‘katlarni, meva-sabzavotlarni yaxshilab oqar suvda yuvmasdan chala yuvilgan holda iste'mol qilinganda exinokokk tuxumlari  odamga yuqadi. Agar qoramollar, qo‘ylar va echkilar, itlar iflos qilgan yerda yotsa, tuxumlari shu uy hayvonlarini juniga tushishi, junidan esa ularni parvarish qilishda, sog‘ishda, junini qirqishda, odamning qo‘liga o‘tishi orqali yuqishi mumkin.
Odam organizmiga tushgan exinokokk tuxumlarining ustki pardasi erib ketadi (oshqozon-ichak sistemasi kislotaligi  ta'sirida), yo‘g‘on ichak epitelial qavatini yorib o‘tib, qonga va qon tomirlar orqali jigar va o‘pkaga hamda boshqa organlarga tushadi. Bu organlarda sekin-asta exinokokk lichinkasi rivojlanadi. Exinokokk pufakchalari odamning barcha organlarida ham bo‘lishi mumkin, lekin ko‘prok jigar  va o‘pkada tutilib qoladi hamda exinokokk kasalligini keltirib chiqaradi.
  Inson organizmida exinokokk pufagi 5-6 oy dan 10-30 yilgacha o‘sishi va yashashi mumkin.
Kasallik belgilari asta-sekin rivojlanib, exinokokk yuqqandan bir necha yil o‘tgach birinchi simptomlar paydo bo‘ladi.
           Jigar exinokokkozi bilan og‘rigan bemorlarda asosan o‘ng biqini atroflari, beli, o‘ng yelkasi, umrov va kuragi og‘riydi.
Pufakcha yorilganda birdan kuchli og‘riq butun tanaga tarqaydi, bemor qaltiraydi, harorati ko‘tariladi, eshakemi toshadi, gipereozinofilli leykositoz bo‘lib, anafilaktik shok holat kelib chiqadi. Pufak yorilganda exinokokkoz boshqa organlarga ham tarqaladi. Exinokokk pufagi yiringlab, jigar absessi rivojlanadi, absess yorilib, qorin plevra bo‘shlig‘iga, oshqozonga, ichakka, bronxga tushadi, allergik reaksiya yuz berib, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa anafilaktik shokni keltirib chiqaradi va bemor nobud bo‘lishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lsa tezda shifokorga murojaat qiling.
      Hozirgi vaqtda exinokokkoz kasalligi asosan xirrurgik yo‘l bilan davolanmoqda.
Exinokokkoz kasalligining oldini olish chora-tadbirlari qo‘yidagilardan iborat:
.1.Xonaki itlarga pasport olish  har 6 oyda veterinariya ko‘rigidan o‘tkazib turish, itlarni bog‘langan holda saqlash, gelmentlarga qarshi dori ichirib turish.
2. Kasallik aniqlansa davolatish yoki kasal itni yo‘qotish.
3. It saqlash qoidalariga rioya qilish, ya'ni itlarni poliz mahsulotlari ekilgan joylarda oralab yurishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek daydi itlar aniqlansa tezlikda obodonlashtirish bo‘limi xodimlariga xabar berib ularni yo‘qotish choralarini ko‘rish.
4. Meva-sabzavotlarni, ko‘katlarni iste'mol qilishdan oldin yaxshilab oqar suvda yuvish.
5. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish.

 Tuman SEO va JSB parazitologiya
 bo‘limi va laboratoriyasi mudiri:                                        A.Qoraeva

 Parazitolog yordamchisi:                                                    S.Mamashukurova.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM