Vatanparvarlik oyligi va Qurolli kuchlarda olib borilayotgan islohatlar mazmun mohiyati

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini har tomonlama mustahkamlash hududlarimiz daxlsizligi, jamiyatimizdagi xavfsizlik va barqarorlik, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta'minlashning eng muhim sharti va kafolati ekanini barchamiz yaxshi anglaymiz.
Markaziy Osiyo mintaqasida va butun dunyoda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda bu masalalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Shuni inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishning dastlabki davridayoq tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashni faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olingan.
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, bu boradagi vazifalar turkumiga quyidagilar kiritildi:
-    O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
-    davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish;
- axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish;
-    fuqarolar, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash;
-    atrof-tabiiy muhit, aholi sog‘lig‘i va genofondiga putur yetkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish;
-    favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
Mazkur vazifalarni ro‘yobga chiqarishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida keyingi yillarda bir qancha qaror va farmonlar, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi qabul qilingan.
Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi, chegaralarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyamiz shakllantirilgan.
Aynan milliy armiyamiz mamlakatimizda erkin, ozod va farovon hayot bunyod etish, demokratik islohotlarni samarali amalga oshirish yo‘lida ishonchli kafolat bo‘lib kelmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Qurolli Kuchlar Oliy bosh Qo‘mondonining 2021  22 noyabr kungi 4 farmoishi asosan 1 dekabrdan 2022 yil 15 yanvar kunigachav Vatanparvarlik oyligi elon qilindi.
Ushbu farmoishni ijrosini taminlash maqsadida barcha hududlarda targ‘ibot ishlari olib borildi hamda 02855 harbiy qism bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida mavjud bo‘lgan qurol aslaxa, harbiy texnika, dala oshxona  va harbiy arkestr jamoasi hamdla harbiy chiqishlar nomoyishi bo‘lib o‘tdi.

Unda jami tumanimizdan 2500 nafardan ortiq uyushgan va uyushmagan yoshlardan jalb etildi.
Tariximizda birinchi marta o‘z mohiyatiga ko‘ra noyob tizim - harbiy-ma'muriy sektorlar tashkil etildi. Bunday ish usuli joylardagi davlat hokimiyati organlarini mamlakatimiz mudofaa kudratini mustahkamlashga faol jalb etish uchun imkon berdi. Eng muhimi, u “Armiya va xalq - bir tanu bir jondir” degan hal qiluvchi tamoyilni amalda ta'minlashga xizmat qilmoqda.
 Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish tizimini isloh qilish bo‘yicha ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Muddatli xarbiy xizmat bir yil etib belgilandi, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, oziq-ovqat ta'minoti tubdan yaxshilandi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, rezervga bo‘shatilgan yoshlarning ishga joylashishi va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi bilan bog‘liq imtiyozlar tizimi belgilandi. Bularning barchasi harbiy jamoalarda sog‘lom ma'naviy-axloqiy muhit shakllanib, yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatning nufuzi keskin oshishida muhim omil bo‘ldi.
Bundan tashqaro O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Qurolli Kuchlar Oliy bosh Qo‘mondonining tashabbusi bilan 2-jaxon urishi qatnashchilarini ishtimoiy qo‘llab-quvvatlash  maqsadida 2021 yil 28 dekabr kuni tumanimiz hokimi, tumandagi tashkilot rahbarlari va Mudofaa ishlar bo‘limi boshlig‘i bilan tumanimizda yashovchi 2-jaxon urishi faxriysi Saffarov G‘affor bobo xolidan xabar olinib yurtboshimizning yangi yil tabrigi va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Shunda  2-jahon urishi faxriysi G‘affor boboning yashash xonadoni qisqa muddat ichida to‘liq ta'mirlanib, 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligini 30 yilligi munosabati bilan joriy yil 13 yanvar kuni 2-jahon urishi faxriysi G‘affor boboga barcha qulayliklarega zamonaviy to‘liq ta'mirlangan xonadoni keng jamoatchilik ishtirokida topshirildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat o'tab, nafaqaga chiqgan harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning oila a'zolari hamda o'zlariga ish o‘rinlari yaratish va bantligini ta'minlash choralari ko‘rilmoqda.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM