Ayni paytda Samarqandda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ayni paytda Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

O‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari viloyatdagi sektorlar va tegishli mutasaddilar juda sust ishlayotganini ko‘rsatib o‘tdi.

Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun:
- Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov;
- Nurobod tumani hokimi F.Zairov;
- Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari O.To‘xtayev,
- Oqdaryo tumani prokurori D.Kubayev;
- Samarqand shahri, Samarqand  va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari J.Qodirov, F.Gafarov va D.Ibragimov;
- Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari A.Almazov va M.Ergashev;
- viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Gʻ.Mamatqulov ishdan olindi.

Ularning ba’zilariga nisbatan to‘plangan, shu jumladan korrupsiya holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi o‘rganib chiqiladi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM