Aholini ro‘yxatga olishga doir ta'riflar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Aholini ro‘yxatga olish” “muntazam vaqt oralig‘ida mamlakat hududida va uning eng kichik geografik birliklarida yashovchi aholining rasmiy hisobini (yoki nazorat kelishuvini), shuningdek butun aholining bir qator ijtimoiy va demografik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha ma'lumot olishni amalga oshirishga imkon beruvchi tadbir” deb ta'riflanadi. Ushbu tadbir ma'lumotlarini to‘pash  (respondentlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish yoki aholi registri ma'lumotlaridan foydalanish orqali), shaxslar haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish, shuningdek, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma'lumotlarni tahlil qilish, baholash, tarqatish, aniqligiga baho berish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ma'muriy faoliyat yoki ilmiy tatqiqotlar sohalaridagi dasturlarni rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida aholi soni, taqsimoti va tarkibi to‘g‘risida ishonchli va batafsil ma'lumotlarga ega bo‘lish zarur. Aholini ro‘xatga olish  bu kabi birlamchi nazorat statistik ma'lumotlarni olishning asosiy manbalaridan biri bo‘lib, ko‘pincha nafaqat o‘troq aholi, balki boshpanasiz va ko‘chmanchi aholi guruhlarini ham qamrab oladi. Aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlari ba'zan keng turdagi geografik birliklar, jumladan, milliy darajadagi va individual kichik aholi punktlaridan shahar mahallalarigacha statistik ko‘rsatkichlar shaklida ifodalanishi va tahlil qilinishi mumkin.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM