Brifing: Qonun ustuvorligida-Xalq deputatlari tuman Kengashining o'rni

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Assalomu alaykum hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari. Hammamizga ma'lumki 2021 yil yanvar' oyidan Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashida “Mahalliy Davlat hokimligi to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga asosan kotibiyat tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshlagan edi. Kotibiyat ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  Farmon  va  Qarorlari, mahalliy Kengashning qarorlari va  o‘z Nizomiga amal qilgan holda olib bormoqda.
           Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati deputatlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi hukumati va parlamenti tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarni ijro organlari tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 2021 yil davomida deputatlar tomonidan o‘zining saylangan hududida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, bildirilgan muammolarni hal etish uchun ijro etuvchi organlarga 244 ta deputat so‘rovi yuborilgan. Kengashda mavjud 8 ta doimiy komissiyalar va ekspert guruhi a'zolari bilan hamkorlikda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir eng dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Muhokamalar natijasiga  ko‘ra muammo va dolzarb masalalarni tuman kengashi sessiyalari kun tartibiga kiritish orqali qonuniy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Tuman Kengashi deputatlarining  faoliyatini samarali amalga oshirishda kotibiyat amaliy jihatdan yordam berib, ularning ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 moddasida O‘zbekiston respublikasi  fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita, hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanligi belgilangan. O‘tgan yilda 26 ta sessiya o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 210 ta masalalar ko‘rib chiqilgan. Shundan 100 tasi tashkilot, korxona, muassasa va hokim o‘rinbosarlarining hisobotlari, 17 ta axborot, 93 ta boshqa masalalar muhokama qilingan. 2021 yilda bo‘lib o‘tgan barcha sessiyalar matbuot nashrlarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi. Hurmatli tumandoshlar barchangizni Respublikamizning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida jamiyat va davlat ishini boshqarishda bevosita va o‘z vakillaringiz, ya'ni o‘zlaringiz saylagan deputaatlar orqali ishtirok etishga chorlab qolaman. Bu borada xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati va deputatlar sizlar bilan birga. E'tiborlaringiz uchun rahmat.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM