Qishloq xo'jaligi xodimlarining seminari bo'lib o'tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda 2022 yil hosili uchun parvarishlanayotgan boshoqli don ekinlarida zang kasalliklarini tarqalishi va ularga qarshi kurash bo‘yicha T A V S I YA L A R asosida seminar bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi yillarda butun dunyodagi kabi O‘zbekistonda ham g‘allazorlarda zang kasalliklari tez-tez paydo bo‘layotganligi kuzatilmoqda. Olimlarning o‘tkazgan tajribalarida zang kasalligi sababli ba'zi yillarda don hosildorligini 60-70 foizgacha yo‘qotilishi va don sifatining kamayishi kuzatilgan.
Masalan, bug‘doyning naychalash oxiri, bayroq barg chiqarish fazasida sariq zang bilan kuchli 60-80 foiz zararlansa, yuqotiladigan hosil 40-51 foiz, qo‘ng‘ir zangda 34-43 foiz, poya zangda 55-73 foiz bo‘ladi. Boshoq chiqarish davrida sariq zang bilan kuchli 60-¬80 foiz zararlansa, 36-48 foiz hosil yo‘qotiladi, qo‘ng‘ir zang kasalligida 32-41 foiz, poya zangda 49-65 foiz hosil yo‘qotiladi.
Sariq zang yomg‘ir shabnam talab qiladi, ammo bu kasallik uchun qulay harorat ancha past. Sporalari muz erish haroratidayoq (0
 °C da) o‘sishni boshlaydi, 9-13 S da qulay o‘sadi va o‘sishni 23  °C gacha davom ettiradi. Spora o‘simtalari bug‘doy bargi to‘qimalari ichiga harorat 20  °C va 23 °C oralig‘ida bo‘lganida kiradi. Yangi sporalar hosil bo‘lishi 5  °C va 20  °C oralig‘ida, eng qo‘lay 12-15  °C  haroratda kuzatiladi.
Ko‘p yillik kuzatuv natijalariga ko‘ra, zang va boshqa kasalliklarning jadal rivojlanishi asosan bug‘doyning naychalash boshoqlash davrlarida, ya'ni mart-aprel' oylarida kuzatilgan.
Respublikada 2005-2020 yillarda 10 marotaba kuchli darajada zang kasalligining tarqalishi xavfi kuzatildi. O‘tgan 2 yil davomida kimyoviy preparatlar bilan otryad usulida to‘lik ishlanishi natijasida hosildorlikka salbiy ta'sir ko‘rsatmadi.
Joriy yilda yanvar va fevral oylari ob-havoning ko‘p yillikka nisbatan iliq kelishi hamda yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi o‘z navbatida g‘allazorlarda kasalliklarning barvaqt paydo bo‘lishi va ko‘payishi bashorat qilinmoqda.
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan respublika bo‘yicha jami 945 ming gektar maydonlarda zang kasalliklar tarqalishi bashorat qilinmoqda.
Xususan, Andijon viloyatida 76 ming ga, Buxoroda 60,6 ming ga, Jizzaxda 93,5 ming ga, Qashqadaryoda 140 ming ga, Navoiyda 38 ming ga, Namanganda 67,8 ming ga, Samarqandda 94,2 ming ga, Surxondaryoda 90,8 ming ga, Sirdaryoda 80 ming ga, Toshkentda 103,8 ming ga va Farg‘onada 99,5 ming ga maydonlarni tashkil etadi.
Sariq zang erta boshlansa (naychalash, bayroq barg chiqish fazasida) zudlik bilan kimyoviy preparatlarni qo‘llash zarur. Zang kasalliklariga qarshi kimyoviy kurashda, Davlat kimyo komissiyasi ro‘yxatidan o‘tgan:
Propikonazol ta'sir etuvchi moddasi bo‘lgan Titul 390 k.e.k. 0,26 l/ga, Tiltazol 500 k.e.k. 0,170 l/ga, Bamper 25% em.k. 0,5 l/ga, Krest 25% em.k. 0,5 l/ga, Tilzol 25% em.k. 0,5 l/ga;
Propikonazol+siprokonazol bo‘lgan Al'to Super 33% em.k. 0,3 l/ga, Fayter 33% em.k. 0,3 l/ga, Super Konazol 33% em.k. 0,3-0,35 l/ga, Vial'to Super 33% 0,3 l/ga, R-ULTRA Super 33% k.e 0,3 l/ga;
Propikonazol+tebukonazol bo‘lgan Kolosal' Pro m.em.k. 0,2-0,3 l/ga, Superfar 50% em.k. 0,16-0,18 l/ga, Titul Duo k.e.k. 0,2 l/ga, Duazol k.e.k. 0,2 l/ga, Top-Krop 40% k.e.k. 0,25-0,3 l/ga, Titus Miks 40% k.e.k. 0,2 l/ga, Dikanazol 40% k.e. 0,2 l/ga;
Tebukonazol + triadimefon bo‘lgan Duplett TT, 22,5% em.k. 0,3¬0,5 l/ga, Torso 22,5% em.k. 0,3-0,5 l/ga;
Difenokonazol + Tiametoksam Duet Ekstra 55% n.k., 0,25 kg/ga kabi fungisidlar havo harorati 12-15 S bo‘lganda gektariga 250-300 litr me'yorda ishchi eritma sarflagan holda ushbu kimyoviy vositalar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.
Sariq zang kasalligi tushgan maydonlarda fotosintez jarayonini tiklash, don hosildorligini saqlab qolish maqsadida chirigan go‘ng bilan gektariga 100 kg hisobida azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va sharbat bilan sug‘orishni tashkil etish lozim.
Kasallikka qarshi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazish, o‘simlikni kasalliklarga chidamliligini oshirish maqsadida naychalash fazasi davrigacha gektariga fosforli o‘g‘itlardan 3 kg, kaliyli o‘g‘ilardan 7,5 kg solinib yaxshilab aralashtirilib, ishchi eritma tayyorlanadi va qo‘llash tavsiya etiladi.
Yuqorida tavsiya etilgan kimyoviy vositalarni zamburug‘li kasalliklar tarqalishini oldini olishda hamda kasallik belgilari paydo bo‘lgan maydonlarda o‘z vaqtida belgilangan me'yor va muddatlarda ishlov berilishi g‘alladan yuqori va sifatli don hosili olishga zamin yaratadi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM