O‘rgamchakkananing qanday zarari bor?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘rgamchakkana ko‘pgina qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiradi, shular jumlasida bodringga ham. Ushbu ko‘zga deyarli ko‘rinmas zararkunanda (uzunligi 1 millimetrdan kichik) o‘zining barcha rivojlanish davrlarida ekin uchun hatarlidir.Lichinkalari ham, yetilgan o‘rgamchaksimonlar ham o‘simlik to‘qimalarini teshib, o‘simlik sharbatlari bilan oziqlanadi. Shu tufayli, avval barglar mayda och dog‘lar bilan qoplanadi, undan so‘ng to‘liq sarg‘ayib, quriydi va to‘kiladi.Bundan tashqari kanalar bodring o‘simligini juda ingichka bo‘lgan shaffof oq o‘rgamchak to‘ri bilan o‘rib, fotosintez qilishiga to‘sqinlik qiladi – avval barglarning pastki tarafida (bu yerda urrochilari tuxum qo‘yadi), undan so‘ng poyalarida, g‘unchalarida va mevalarida.Shuningdek, kanalarning o‘simlikdagi teshgan joylari odatda kanalarning o‘zlari tashiydigan bakterial va zamburug‘li infeksiyalar uchun ochiq “darvoza” bo‘lib xizmat qiladi.
O‘rgamchakkanalarning yashashlari uchun maqbul sharoit: o‘zini yaxshi xis qilishi uchun o‘rgamchakkanaga +12 – 15°S darajali havo harorati yetarli bo‘ladi. Biroq ular quruq (tahminan 30% li namlik darajasi) va issiq sharoitlarda (+25°S dan yuqori) yanada faol oziqlanadi va ko‘payadi. Kuzda, havo haroratining pasayishi bilan o‘rgamchakkaning urug‘lantirilgan (urchigan) urrochilari, keyingi mavsumning boshida yana paydo bo‘lish uchun issiqxonaning turli yoriq va teshiklarida yashinadi.Ushbu zararkunandalar yirik koloniyalar bo‘lib yashaydi, faol va tez ko‘payadi, tomorqa bo‘ylab shamol, yomg‘ir, insonlar va hayvonlar yordamida juda oson tarqaladi. Shuning uchun xoh ochiq dala sharoiti bo‘lsin, xoh yopiq issiqxona sharoitida dehqonning harakatsizligida kanalar nafaqat bodringga, balki yaqin atrofdagi barcha ekinlarga jiddiy zarar yetkazishlari mumkin.
Bodringdagi o‘rgamchakkanadan qanday qilib qutulish mumkin?
O‘rgamchakkana paydo bo‘lishini oldini olish profilaktikasi. O‘rgamchakkana paydo bo‘lishini oldini olishning ilk sharti – doimiy ravishda ekin barglarini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirib, nazorat qilishdir. Issiq vaqtda issiqxonani yetarlicha havolantirmaslik va yozning qurg‘oq pallasida yetarlicha sug‘ormaslik ham bodring ekinlarida o‘rgamchakkana paydo bo‘lishing xavf omillarini tashkil etadi.Ushbu zararkundalarning ekinda paydo bo‘lishida yaqin atrofda o‘sayotgan begona o‘tlarning ko‘pligi va yig‘ishtirilmagan o‘simlik qoldiqlari va to‘kilgan barglar sabab bo‘ladi. Begona o‘tlarda o‘rgamchakkana faol ko‘payadi, o‘simlik qoldiqlari va to‘kilgan barglarda qulay sharoitda qishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘rgamchakkana bilan qanday kurashish kerak?
Agar bodring ekinlarida ushbu o‘rgamchaksimon paydo bo‘lgan bo‘lsa nima qilish kerak? Bodringdagi o‘rgamchakkanaga qarshi kurashishda xalq usullari:
-Suv-sovun aralashmasi – 10 l iliq suvga 40 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan sovun aralashtiriladi.
-Tamaki damlamasi – 300-400 g tamaki bir sutkaga 10 l suvda damlanadi, undan keyin qaynatib, sovutiladi. So‘ngra unga yana 10 l suv va 50 g qirg‘ichdan o‘tkazilgan sovun qo‘shiladi
-Sarimsoq damlamasi – 2 bosh sarimsoqni ezib, ustidan 1 l qaynoq suv quyiladi va 3-5 kunga damlanadi.
-Piyozning quruq po‘sti damlamasi – 200 g piyoz po‘sti ustdan 1 l suv quyib, 3-5 kunga damlab qo‘yiladi.
Yuqoridagi aralashma va damlamalar ekin ustidan purkalish orqali qo‘llaniladi.

A.Zulfiqorov va N.Turaqulov.

Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi

Paxtachi tuman agronom inspektorlari

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM