Faxriylari o‘rtasidagi musobaqa g'oliblari taqdirlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

25 dekabr kuni start berilgan futbol faxriylari o‘rtasidagi musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi.

Ustoz faxriylarimiz Qurolli Kuchlarimiz 30 yilligi "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan turnir tashkilotchilaridan hamda turnirda ishtirok etishgan faxriylar  futbol jamoalaridan minnatdor bo‘lishdi.
Kuzatib borganimizdek turnir ham, final o‘yinlari va yakuniy taqdirlash qismi ham kutilganidek yuqori darajada o‘tkazildi. Tashkiliy guruhga rahbarlik qilgan O‘zbekiston "VETERAN" Jangchi- faxriylari Birlashmasi, sport sog‘lomlashtirish ishlari bo‘yicha rais maslahatchisi, jangchi-faxriy Nuriddin Boboyev  yakuniy tadbirni olib bordi.
Tadbirda faxriylar Kengashi vakillari, futbol faxriylari, ommaviy axborot vositlari xodimlari, blogerlar va ko‘plab har xil soha vakillari qatnashishdi. So‘zga chiqishgan Mudofaa Vazirligi faxriylar ishlari bo‘yicha Markaziy Kengash raisi isteьfodagi polkovnik Navruzov Abubakr Davlyatovich, O‘zbekiston "VETERAN" Jangchi - faxriylari Birlashmasi raisi o‘rinbosari iste'fodagi polkovnik Sultonov Rustam Sultonovich, faxrli o‘rinlarni egallashgan jamoalarni, turnirning eng yaxshilarini tabriklashdilar.

Turnirning tashkiliy guruh aьzolari va faollari bo‘lishgan, tashkiliy guruh rahbari N.Boboyevga, tashkiliy guruh aьzolari DXX faxriysi Nuriddin Abdumuxtorovga, xalqaro toifadagi (sobiq) hakam Rustam Saidovga, IIV faxriysi Akmal Nabiyevga, har bir o‘yinni odilona o‘tishida xizmati katta bo‘lgan O‘FA hakami Marat Ismoilov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga, turnir davomida faollik ko‘rsatishgan jamoa murabbiylari va kapitanlariga minnatdorchilik bildirishib, Vazirlik va tashkilotlarning  estalik sovg‘alari va faxriy yorliqlarini topshirishdi.
"Turnirdagi har bir o‘yinimizni Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligi yo‘lida halok bo‘lgan mard jasur o‘g‘lonlarimizning ruhi poklariga, aziz xotirasiga bag‘ishladik. O‘ylaymanki har bir ishtirokchi Vatan himoyachilari kuni  arafasida o‘tkazilganligi uchun buni yaxshi tushunishdi, xis qilishdi. Undan tashqari albatta bu sport- kurashlarga boy o‘yinlar, faxriylarimizni shijoati, mahoratli futbolchilarimizdan tashqari, harbiy faxriylarimiz va boshqa turli xil soha vakillarining ajoyib ishtiroklari, yoshlarimizga ham, sportdan uzoqlashib ketgan faxriylarimizga ham yaxshigina o‘rnak bo‘lishgan bo‘lsa ajabmas" - deb o‘z  fikrlari bilan o‘rtoqlashdi turnir tashkiliy guruh rahbari tumandoshimiz Nuriddin Boboyev

O‘zbekiston "VETERAN" Jangchi- faxriylari  birlashma rahbariyati nomidan Tal’at Muradov va Rustam Sultanovlar birlashmaning sport sog‘lomlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchisi, birlashmaning "Sardor" futbol jamoasi rahbari va kapitani Nuriddin Boboyevga turnirni tashkil qilishdagi fidokorona xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Jami 16 ta jamoa qatnashgan ushbu turnir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 30 yilligi hamda "14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan tashkil qilindi.

Toshkent shahar futbol akademiyasi maydonida dastlab 3-o‘rin uchun bahs, so‘ngra hal qiluvchi final o‘yini o‘tkazildi. 3-o‘rin uchun kechgan bahsda "Intersport" "Polyot" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 6:0 hisobida zafar quchdi va bronza medallarga ega chiqdi.

Final uchrashuvida "Olmazor" va "Billur" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelib, bunda "Olmazor" futbolchilari 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. "Billur"ga esa ikkinchi o‘rin nasib etdi.

16 yanvar. TFA stadioni

3-o‘rin uchun bahs. "Intersport" - "Polyot" 6:0

Final. "Olmazor" - "Billur" 3:0

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, eng yaxshilar ham taqdirlandi.

Eng yaxshi darvozabon - Odiljon Ro‘ziyev ("Billur")

Eng yaxshi to‘purar - Baxtiyor Salimov ("Olmazor", 7ta gol)

Musobaqaning Eng yaxshi futbolchisi - Qahramon Muhammedov ("Olmazor")

Manba : championat.asia

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM