"O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi" Ramazon bobo 88 yoshda!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Qariyb yarim asr davomida tuman miqyosida faoliyat yuritib kelgan,asli kasbi veterinar bo‘lgan Ramazon bobo Boboyev 10-yanvar 1934-yil tumanimizning hozirgi Ukrach mahallasida tug‘ilgan. Avval texnikumni, keyinchalik Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tugatgan. Mehnat faoliyati davomida Paxtachi chorva mollarini burdoqiga boqish va qabul qilish idorasi direktori, Paxtachi qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bosh vrachi va boshqa bir qancha lavozimlarda mehnat qilib kelgan. Yurtboshimiz va hukumatimiz tomonidan ko‘p bora davlat mukofotlari bilan mukofotlangan.
Bugun 88 yoshni qarshi olgan otaxon Toshkent shahrida tavvallud ayyomini nishonlamoqda.
Bugun farzandlari, nabira, chevaralari bilan Ukrach mahalla raisi (o‘g‘li) Sadriddin Boboyev tashkilotchiligida boshlangan ayyom, katta tadbirga ulanib ketdi.

Ramazon boboni Toshkentdaligidan xabar topgan Respublika "Nuroniy"jamg‘armasi vakillari, Mudofaa faxriylar Markaziy kengashi, Respublika  "VETERAN" Jangchi-faxriylari Birlashmasi va boshqa bir nechta tashkilot vakillari otaxon bilan bir piyola choy ustida suhbatlashishdilar. Suhbat davomida Shayhontohur tuman "Nuroniy" kengashi raisi R.Abidov Ramazon boboga "Nuroniy" jamg‘armasi Respublika Boshqaruvi raisi, Mahalla va oilani qullab-quvaatlash vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev tomonidan berilgan FAXRIY YORLIQni taqdim etib, qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan samimiy tilaklari bitilgan  maktubni o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi faxriylar bilan ishlash bo‘yicha Markaziy Kenggash raisi polkovnik Navruzov, otaxonni 88 yoshi hamda vatanga sadoqatli fidoiy yoshlarni, harbiylarni tarbiyalash borasidagi faolliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, Mudofaa Vazirligi tomonidan estalik sovg‘alarini topshirishdi. Ramazon bobo Boboyevni 1941-1945 yillardagi front ortidagi mehnatlarini inobatga olgan O‘zbekiston "VETERAN"  Jangchi-faxriylari Birlashmasi Raisi T.Murodov va Birlashma raisi o‘rinbosari,Toshkent shahar Kengashi raisi iste’fodagi polkovnik R.Sultonov "front ortidagi xizmatlari uchun "ko‘krak nishonini topshirishdi.
Undan tashqari tug‘ilgan kun sabab o‘tkazilgan uchrashuvda yana bir qancha Vazirlik va tashkilot vakillari qatnashishdi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM