Qishloq xo'jaligi xodimlarining seminari bo'lib o'tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun 7 yanvar kuni Paxtachi tumanida qishloq xo'jaligi xodimlarining seminari bo'lib o'tdi. Seminarda mahalliy ug'it chiqarish, ariq va zovurlar qazilishi va suv tejovchi texnologilarni tadbiq etish bo'yicha bo'lib o'tdi.
Seminar tumanning 2-sektoridagi Navro'z Po'latchi MMTP hududidagi "Saxovat" fermer xo'jaligi, 3-sektor hududidagi Obod Dehqonobod MMTPga qarashli "Bonu Asal bog' zamini" fermer xo'jaligi, Shomurod Qahhorov shogirdlari MMTP ga qarashli "O'tkir chorva invest" fermer xo'jaligida,1-sektor hududidagi Sultonobod paxtakor MMTPdagi "Ulug'bek Diyorbek oltin dalasi", Nodim Ziyovuddin MMTP hududidagi Paxtachi klaster dalalarida bo'lib o'tdi.
Seminarda paxtachilik qishloq xo'jaligi xodimlariga Zarafshon magistral irigasiya tizimidan foydalanish boshqarmasi boshlig'i A.Karimqulov va o'rinbosari A.Boysariyev, viloyat Samarqand viloyati O'simliklar karantin himoyasi va boshqarmasi rahbari o'rinbosari G'.Norboyevlar ishtirok etishib, ariq va zovurlarni qazish ishlari bo'yicha tushunchalar berib o'tishdi.

Ekinlarni sug'orishda suv tejovchi texnologiyalarni tadbiq etish bo'yicha pudratchilar "Omad Start", Agrobos iregeyshin va boshqalar  ham seminarda ishtirok etishdi.

Bugunni o'zida Paxtachi tumanida 500 tonna mahalliy ug'it g'alla maydonlariga chiqarildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda: http://myurls.co/paxtachi

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM