"Tinchlik" mahalla binosining ochlishi marosimi bo‘lib o‘tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugungi kungacha Paxtachi tumanidagi "Tinchlik" maxallasi 5-umumta’lim maktabining xo‘jalik binolarida faoliyat olib borayotgan edi.
Mahalla binosi Ipoteka bank tomonidan 6 oy mobaynida qurib bitkazildi. Bino zomanaviy ixcham bara qo‘layliklarga ega issitish tizimi bilan ta’minlangan,
2 102 aholiga mahallaga Nazira Axmedova raislik qilib kelmoqda.
Mahallada tinchlik osoyishtalik yo‘lida profilaktika inspektori leytenant Baxriddin Boboniyezov xizmat qilib kelmoqda.
 Mahalla binosi ochilishida Paxtachi tumani hokimi M.Xamdamov va sektor rahbarlari ishtirok etishdi.
Ramziy tasmani mahalla oqsoqollaridan Normurod bobo Qurbonnazarov  va Davron bobo Valiyevlar tuman hokimi M.Xamdamov bilan qirqishdi,
Mahalla binosi ochilishi aholi uchun haqiqiy bayramga aylandi. Mahalla bolalaring  sport chiqishlari, she’rlar aytish va raqs tushushlari tadbirga yanada bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Tinchlik mahallasida so‘nggi 2 yilda yo‘llar asfaltlandi, 38 sonli bolalar bog‘chasi yangi qurildi. 5-umumta’lim maktab binosi qaytadan kapital ta’mirlandi, "Gajjakota" qabristoni atrofi o‘ralib xashar yo‘li bilan obodonlashtirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda: http://myurls.co/paxtachi

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM