Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq qirq to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi

 

       2021-yilning 27-oktabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi qirq to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

       Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 8 nafar deputat qatnashmadi.

       Sessiyaga, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

       Sessiyani Kengash raisi M.Hamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 19-Bodoy saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xalilov bir ovozdan saylandi.

       Shundan so’ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 9 ta masala ko’rib chiqildi.

       Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni,   Yagona onlayn tizimga ma’lumotlarni kiritilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori Gʻ.Abdurahmonovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi ikkinchi masala, ya’ni, Tumandagi 1 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida 2-sektor rahbari Gʻ.Abdurahmonovning taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni,  Huquqbuzarlikni oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Axmedovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi to’rtinchi masala, ya’ni, Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazilishi to‘g‘risida tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Musirmanovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi beshinchi masala, ya’ni,  Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularni yechimi to‘g‘risida tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i G.Bobonazorovaning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi oltinchi masala, ya’ni,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i R.Sharipovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi yettinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumanining 2021 yil 4-chorak mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini balansliligini buzmagan holda ko‘paytirish to‘g‘risida tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri U.Arnaqulovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi sakkizinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish hamda ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish masalalari yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Paxtachi tumani bo‘limi boshlig‘i R.Sharipovning hisoboti to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Kun tartibidagi to’qqizinchi masala, ya’ni,  Paxtachi tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-kuvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash hamda ularga munosib turmush sharoitlari yaratish masalalari yuzasidan tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Burxonovaning hisoboti to‘g‘risida10.  “Mahalla” xayriya jamoat fondi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

 

 

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM