Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq qirq ikkinchi sessiyasi

 

Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining oltinchi chaqiriq qirq ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi

2021-yilning 23-sentabr kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashining navbatdagi qirq ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyaga 30 nafar Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan 22 nafari ishtirok etishdi. Uzrli sabablarga ko’ra 8 nafar deputat qatnashmadi.

Sessiyaga, ommaviy axborot vositalari, tuman hokimi o’rinbosarlari va hisobot beruvchilar ishtirok etdilar.

Sessiyani Kengash raisi M.Hamdamov ochib berdi. Sessiya avvalida sessiya kotibi saylab olindi. Sessiya kotibi etib 28-Urg’uch saylov okrugidan saylangan deputat K.Berdiyarov bir ovozdan saylandi.

Shundan so’ng deputatlar sessiya kun tartibini ma’qulladi. Sessiyada 16 ta masala ko’rib chiqildi.

 

 

 Kun tartibidagi birinchi masala, ya’ni, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini amalga oshirish, byudjet daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o’rinlari barpo etish bo’yicha tuman hokimining birinchi o’rinbosari V.Hakimovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi ikkinchi masala, ya’ni, tuman mahalliy budjet daromadlarining bajarilish holati, qo’shimcha rezervlarni aniqlash bo’yicha qilingan ishlar, shuningdek soliq va boshqa majburiy to’lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to’langanligi, ular bo’yicha soliq qarzdorligi to’g’risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi uchinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumanida “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash hamda ularga munosib turmush sharoitlari yaratish to’g’risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi to’rtinchi masala, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlar yuzasidan tuman madaniyat bo’limi boshlig’i B.Normurodovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi beshinchi masala, ya’ni, yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o’rgatish hamda ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish masalalari yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Qo’ldoshevning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi oltinchi masala, ya’ni, Paxtachi tuman mahalliy budjetining daromadlarni oshirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha manbalarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasidan” jamoatchilik fikri asosida yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi yettinchi masala, ya’ni, Paxtachi tumanida geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi sakkizinchi masala, ya’ni, tumandagi 1 ta oilani “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi to’qqizinchi masala, ya’ni,  “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi o’ninchi masala, ya’ni,  tumanda investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo’yicha tuman hokimining o’rinbosari B.Ergashevning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi o’n birinchi, masala, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-sonli Qaroriga muvofiq tuman prokurorining hisoboti tinglandi. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish to‘g‘risida tuman Хalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh.Sultonovning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi o’n ikkinchi masala, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 23-iyul kunidagi “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 38-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi Devonxona mudiri (E.Sanaqulov)ning hisoboti tinglandi.

       Kun tartibidagi o’n uchinchi masala, ya’ni, Yer uchastkalarini berish (realizasiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi o’n to’rtinchi masala, ya’ni,  Tuman mahalliy budjetining 2021 yil budjet parametrlari doirasida ajratilgan mablag‘larni iqtisod qilingan qismi mablag‘lari hisobidan foydalanish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

       Kun tartibidagi o’n beshinchi masala, ya’ni, Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarini qayta tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM