Mehringizni darig' tutmang odamlar!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Muhtaram prezidentimiz tomondan 2021 yil 9 avgustda qabul qilingan "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5215-sonli Qaroriga muvofiq yetim va ota ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning oila muhitida tarbiyalanishi hamda oilaning muqaddasligi shu oilada tarbiyalashni ommalashtirish uchun oilaviy bolalar uyi tashkil qilindi.

Yangi tizimni joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida Paxtachi tumani "Bo‘ston" mahallasida yashovchi To‘xtamurodov Shavkat hamda uning turmush o‘rtog‘i Turobova Lutfiyalar oilasiga Mexribonlik uyidan 7 nafar o‘g‘il qizlarni o‘z tarbiyasiga olib oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi.
Bundan asosiy maqsad bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash bilim va ma’naviyali vatanparvar mehrli insonlar etib voyaga yetkazishdir.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM