O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29 yilligi munosabati bilan tuman hokimi M.Xamdamovning TABRIGI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Assalomu alaykum aziz tumandoshlar!

Barchangizni bugungi ulug‘ ayyom – mamlakatimiz Konstitusiyasi qabul qilinganligining 29 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Konstitusiyamiz nafaqat mustaqilligimizning huquqiy negizi, balki xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin, farovon hayot qurishdek buyuk maqsad sari birlashtiruvchi muhim qonuniy hujjat sifatida ham ardoqlidir.

Konstitusiyada xalqimizning hohish-irodasi, ijtimoiy ongi, milliy madaniyati, maqsad-muddaolari va orzu-niyatlari aks etgan.

Aziz tumandoshlar!

Bizni bir maqsad yo‘lida birlashtirgan bosh qomusimiz millatni millat, davlatni davlat sifatida tanitishda qat’iy va bardavom bo‘lsin.

Barchangizni ushbu sana munosabati bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman.

Paxtachi tuman hokimi
M.Xamdamov

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM