Xalq ta’limi vazirligi Davlatimiz Konstitusiyasining 29 yilligi munosabati bilan mega-tanlov e’lon qiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening Prezidentim” mavzusidagi tanlovni e’lon qiladi!

Tanlov joriy yilning 20 noyabridan – 20 dekabriga qadar to‘rt bosqichda (maktab, tuman(shahar), viloyat va respublika) amalga oshiriladi.

Tanlovni o‘tkazish tartibi:

maktab bosqichida “Yangi O‘zbekiston meni nigohimda” mavzusida esse yozish;

 tuman (shahar) bosqichida “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar” mavzusida insho yozish;

 viloyat va respublika bosqichlarida “Mening Prezidentim” mavzusida taqdimot tayyorlash va uni 15 daqiqa davomida hakamlar hay’atiga taqdim etish.

 Tanlovning respublika bosqichi 21-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga 2022-2023 yoki 2023-2024-o‘quv yilida respublikadagi OTMlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘lov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan taqdirda, ularning mos ravishda:

1-o‘rin sohibiga 3 yillik, 2-o‘rin sohibiga 2 yillik, 3-o‘rin sohibiga 1 yillik to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab berish yoki grant asosida talabalikka qabul qilinsa mazkur mablag‘lar miqdorida mukofot pullariga ega bo‘ladilar

Tanlovning respublika bosqichida 1-,2-,3-o‘rinni egallagan g‘olib o‘quvchilarning ustozlari mos ravishda 30 mln., 20 mln., va 10 mln. so‘m pul mablag‘lari bilan mukofotlanadilar.

Shuningdek, tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari (1-, 2-, 3-o‘rin) ta’lim olayotgan maktablari direktorlariga bittadan noutbuk topshiriladi.

Tanlov nizomi bilan shu manzilda tanishingiz mumkin: https://bit.ly/3CzgOUH

Vaqt ketdi!

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM