Pomidor tuganaklarida jigarrang bujmayish virus kasalligi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Pomidor tuganaklarida jigarrang bujmayish virus kasalligi kirib kelishi xavfini oldini olish chora tadbirlari

Zararlangan barglarning bandi pastga qarab qiyshayadi. Poya va barglardagi zararlangan joylar yashil, namlik bilan to‘yingan noaniq shakldagi yirik dog‘lar ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Mazkur dog‘larning o‘lchami ortib boradi, jigarrang tusga kiradi va qog‘ozsimon bo‘lib qoladi. Mevalardagi zararlangan joylar esa qattiq noaniq shakldagi katta jigarrang-yashil dog‘lar ko‘rinishida ifodalanadi. Mevadagi bunday zararlangan joyning yuzasi dag‘al, moysimon ko‘rinishda bo‘ladi.
Bu virusli kasallik birinchi marta 2015 yilda Iordaniya va Isroilda qayd etilgan. Pomidor va qalampirga asosan zarar yetkazadi. Virus Tobamovirus turiga mansub, juda tez tarqalish xususiyatiga ega. Virus o‘simlik barglarida mozaikalarni hosil qiladi, barglar o‘z holatini o‘zgartiradi, mevalarda jigarrang, ajinli dog‘lar, mevalar rangsizlanadi, barglar deformasiyalanadi. Issiqxonalarida ekilgan pomidor maydonlarida mavsum davomida o‘simlik barglarida deformasiyalar hosil bo‘lib, mevalarida kuchli jigarrang xloroz belgilari paydo bo‘ldi.
Pomidor jigarrang virus kasallik alomatlari pomidor naviga qarab yengil va og‘ir bo‘lishi mumkin. Kasallikning yengil ko‘rinishida mozaikalar hosil bo‘ladi, barglar rangi o‘zgaradi. Kasallikning og‘ir ko‘rinishida esa mevalarda jigarrang ajin va dog‘lar hosil bo‘lishi barobarida mevalarning sarg‘ayib ketishi hamda barglar holati o‘zgarishi mumkin.
Kasallik urug‘lar, virus bilan ifloslangan asboblar, kiyimlar, mexanik vositalar orqali tarqaladi. Changlanish vaqtida ham tarqalishi mumkin. Jigarrang virus kasalligiga chidamli pomidor navlari shu kungacha aniqlanmagan.
ToBRFV virusi pomidorga yuqori darajada zarar keltirishi tufayli pomidor yetishtiruvchilar uchun katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Fitosanitariya nazorati kuchaytirilib, issiqxonalarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini pomidor tuganaklarida jigarrang bujmayish virus kasalligi kirib kelishi xavfi bo‘yicha barcha choralari ko‘rilmoqda. Ish jarayonida sohaning malakali mutaxassislari tomonidan issiqxonalarda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan pomidorning tuganaklarida jigarrang bujmayish virus kasalligi kirib kelishi xavfi bo‘yicha tafsiyalar berib borilmoqda.

 

Samarqand viloyati “O‘simliklar karantini va himoyasi” boshqarmasi

Paxtachi tuman inspektorlari Abror Zulfiqorov, Nodirbek To‘raqulov

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM