Paxtachi tumani hokimi "Prezident sovg'asi" 30 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

"Ayollar daftari" tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida o'tkazilgan ko'rik-tanlovda Paxtachi tumani hokimi, 1-sektor rahbari M.Xamdamov faxrli birinchi o'rinni egalladi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan hududda xotin-qizlar muammolarini "mahallabay" va "xonadonbay" o'rganish va ularni hal etishga ko'maklashish, ularning bandligini ta'minlash, yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o'zgarishlarga erishish orqali "Ayollar daftari" tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida o'tkazilgan "Eng yaxshi sektor rahbari" viloyat ko'rik-tanlovida tuman hokimi M.Xamdamov faxrli birinchi o'rinni olib, "Prezident sovg'asi" 30 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM