Ogohlik- davr talabi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Samarqand viloyati Faqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Paxtachi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari 4 sektor rahbarlari ko'magida, Paxtachi tumani FVDTning mutasaddi tashkilotlari bilan hamkorlikda tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish va mavsumni betalofat o'tkazish, aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, isitish tizimlari, suyultirilgan gaz va tabiiy gazdan to‘g‘ri foydalanish borasidagi savodxonligini oshirish maqsadida mahallalar, aholi xonadonlari, ijtimoiy obyektlarda tushuntirish ishlarini olib borib, aholiga gazdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha eslatmalar tarqatishdi.
Paxtachi tumanidagi tadbirlarda viloyat amaliy yordam guruhi a’zolari podpolkovnik B.Sharsadikov, podpolkovnik M.Norqulov, mayor A.Egamberdiyev va kapitan D.Inagamovlar faol ishtirok etishdi.

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM