Facebook kompaniyasi o‘z nomini Meta deb o‘zgartirdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Facebook kompaniyasi asoschisi va rahbari Mark Sukerberg kompaniyaning nomi Meta deb o‘zgartirilganini e'lon qildi.

“Bugungi kundan biz Meta deb nomlanamiz”, deb aytgan yangi brendning onlayn-taqdimotida Sukerberg.

U “Meta” so‘zi grekchadan “keyin” degan ma'noni anglatishini qo‘shimcha qilib ketgan. “Men uchun u yana nimanidir qurish mumkinligini anglatadi”, deb ta'kidlab o‘tgan tadbirkor.

Shu bilan birga, kompaniya dasturlari nomlari o‘zgarishsiz qoladi.

Mark yangi nom kompaniya nafaqat Facebook ijtimoiy tarmog‘i, balki WhatsApp messenjeri, Instagram ijtimoiy tarmog‘i, Oculus va boshqa servislardan iboratligini ta'kidlashini aytgan.

“Hozirda brendimiz bir mahsulotimizga shunchalik chambarchas bog‘langanki, u bugungi kunda biz shug‘ullanayotgan barcha narsani aks ettirmaydi”, deb aytgan Facebook ijtimoiy tarmog‘ini nazarda tutib kompaniya rahbari.

Sukerberg yangi brend kompaniyaning bosh maqsadi – metakoinotni hayotga tatbiq etishini qo‘shimcha qilgan.

Uning aytishicha, Meta biznesi markazida Facebook ijtimoiy tarmog‘i emas, balki “virtual metakoinot” bo‘ladi. Shu sababli Meta foydalanuvchilariga kompaniyaning boshqa servislaridan foydalanish uchun endilikda Facebook ijtimoiy tarmog‘i kerak bo‘lmaydi.

“Metakoinot – internet taraqqiyotining yangi bosqichi. Uning asosiy maqsadi odamlarni birlashtirish, ularga muloqot qilishda yordam berishdir”, deb ta'kidlab o‘tgan Sukerberg.

Kompaniyaning logotipi ham yangilandi. Unda ko‘k rangdagi Myobius tasmasi va “Meta” yozuvi aks etgan.

Facebook’ning qayta nomlanishi ortida kompaniya aksiyalari narxi 3 foizga ko‘tarilgan.

Facebook rebrending o‘tkazishi haqida o‘tgan hafta ma'lum qilingandi.

Ta'kidlanishicha, kompaniya o‘z nomini o‘zgartirishini ichki hujjatlari sizib chiqishi atrofidagi mojaro ortida e'lon qildi. Ushbu hujjatlarga ko‘ra, kompaniya rahbariyati ko‘proq daromad olish maqsadida adovatni qo‘zg‘ovchi ba'zi nomaqbul kontentlarga ko‘z yumgan.

Manba: Kun.uz

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM