DXX respublika bo‘ylab noqonuniy yer sotish holatlariga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi MChJ rahbari rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJ boshlig‘i hamda ikki nafar fuqaro bilan o‘zaro kelishgan holda o‘zganing ishonchiga kirib, unga qurilish firmasi balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini 25 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lishadi.
Transport xizmati ko‘rsatuvchi MChJ rahbari so‘ralgan pulni olgan vaqtida DXX va Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyatidagi hududiy filiallaridan birining rahbari va bosh mutaxassisining yer bilan bog‘liq masalada firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing 6 ming AQSH dollari va 42 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘zlashtirishga qaratilgan xatti-harakatlariga chek qo‘yildi.

“O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasining Buxoro filiali arxitektori qurilish firmasi vakiliga Buxoro shahar hududidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 6 sotix yer maydonini vakolatli tanishlari yordamida “Ye-Auksion” elektron onlayn savdolari orqali olib berishini aytib, xizmati evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan puldan avans sifatida 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida u mazkur pul mablag‘ini Davlat kadastrlari palatasining Buxoro tumani filialining “Ye-Auksion” savdolari bo‘yicha muhandisiga berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs ham pulni olgan vaqtida ushlandi.  

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida istiqomat qilib, Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs boshqa bir fuqaroga tegishli chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi yerlaridan 20 gektarini xaridor nomiga olib berish evaziga 8 ming AQSH dollari talab qiladi.
U so‘ralgan puldan 7,5 ming dollarni olgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi shaxs Yangi hayot tumanida yashovchi fuqaroga tanishlari orqali Sergeli tumanidagi 1,2 sotix yer maydonini olib berishini aytib, evaziga 12 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Departamentning shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan puldan 6 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro 2017 yil dehqon xo‘jaligi tashkil etish maqsadida tuman hokimi qarori bilan o‘z otasi nomiga rasmiylashtirib berilgan 50 sotix yer maydonini hamda uning yonida joylashgan, davlat zahirasidagi 50 sotix yerni mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga o‘tkazib berish evaziga 8 ming AQSH dollari so‘raydi.
U so‘ralgan puldan 4 ming dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX matbuot xizmati

2015-2024 © Пахтачи туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM