15-may Butunjahon oila kuni
Mon, 15/05/2023 - 08:30BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga binoan 1993 yildan beri 15 may – Xalqaro oila kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Oila bo‘g‘iniga alohida bir kun ajratilishining asosiy sabablaridan biri BMT ta’rificha “Bir oila – butun insoniyat oilalarining birligidir”, u jamiyatning kichik bo‘g‘ini, vatan ichra vatandir. Jamiyat a’zosining tom ma’nodagi yetuk shaxs, komil inson bo‘lib yetishishi uzluksiz oila bilan bog‘liq.